1-mavzu: genomika fani kelib chiqish tarixi, maqsadi, vazifasi va o‘rganish metodlari reja


Download 181.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi181.57 Kb.
#1268970
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу



1-MAVZU: GENOMIKA FANI KELIB CHIQISH TARIXI, MAQSADI, 
VAZIFASI VA O‘RGANISH METODLARI 
Reja: 
1. 
Kirish 
2. 
Genomika kelib chiqish tarixi 
3. 
Genom haqida tushuncha 
4. 
Genomi fani maqsadi va vazifasi 
5. 
Genomikani o‘rganish metodlari 
Genomika kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 50 yillaridan keyingi davrida, 
genitika fan sohasida viruslar, prokariot va eukariot organizmlarda molekulyar 
asoslarini va irsiy ma‘lumotni ko‘chirish sohasida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari 
o‘tkazildi. Molekulyar genetika sohasida irsiy materianing tashuvchilari va 
kodlanish xususiyatlari, genlar faoliyatining boshqarilishi, genetik jarayonlarning 
molekulyar mehanizmlarini tahlil qilish borasida katta yutuqlarga erishildi.  
XXI asr boshlariga kelib, genetik ma‘lumot asosiy kontsepsiyasi, irsiy 
ma‘lumotni tashuvchilari genetika va biologia sohasining markaziga aylandi. Bu 
davrda, irsiy ma‘lumot genlarda qanday darajada yozilgan, genomlardagi struktur 
elementlar, makromolekulalarning boshqaruvchi saytlari va funktsional markazlari, 
ularning molekulyar funktsiyalari va xususiyatlari amalga oshirilishi to‘g‘risidaga 
bilimlar to‘liq emas edi. Genetik kodni aniqlashda hissa qo‘shgan olim Frensis 
Krikning shunday yozgan: Genetik kod bu molekulyar biologiya kalitidir, chunki 
DNK poinukleotidlar tili va oqsillar polipeptid tili bir-biri bilan bog‘liqdir (1966). 
Genetik kod universal bo‘lib, uning asosiy qismi yer yuzidagi hamma tirik 
organizmlar uchun bir xildir. Bunday xulosalar, biopolimerlarni nuklein 
kislotalarining va oqsillarning birlamchi strukturasini aniqlashda, sekvenirlash 
ishlarini o‘tkazishda asos bo‘lib hizmat qildi. Molekulyar genetika uslublarining 
rivojlanishi uchta asosiy yo‘nalishlarning gen muxandisligi, biotexnologiya va 
genomika rivojlanishiga turtki bo‘lib hizmat qildi. Molekulyar genetikaning eng 
asosiy yutuqlaridan biri- genomika yo‘nalishining rivojlanishi hisoblanadi. 
Genetika sohasida eng muhim voqealardan biri F.Senger tomonidan bir 
zanjirli xalqasimon φX174 fagining genomini sekvenrlanishi hisoblanadi, bu 
kashfiyoyi uchun olim 1980 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ushbu 
kashfiyot molekulyar genetika sohasida yangi era- genomika erasining 
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘tgan asrning 80 yillaridan so‘ng, turli xil organizmar 
genomini, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hasharotlar, sut emizuvchilar va 
inson genomini sekvenirlash bo‘yicha birinchi Halqaro dasturlar faoliyat 
ko‘rsatishdi. Hozirgi kunda bu sohaning rivojlanishi o‘z navbatida bioinformatika 
yonalishining rivojlanishiga olib keldi- ya‘ni makromolekulalar va ular tizimlarini 
modellashtirish va texnik usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. 
Ushbu fan yo‘nalishlariga kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi yoki 
boshqacha proteomika fanini anglatadi. "Genomika" atamasi genom so‘zidan 


olingan bo‘lib, organizmning barcha genlarining umumiyligi, "proteomika" esa 
proteom so‘zidan olingan bo‘lib, eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va 
katalitik oqsillar to‘plamini bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo‘lgan 
genetika va oqsil kimyosi fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining 
terminologik formulasi deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar 
sohasidagi yutuqlar va qo‘llaniladigan uslublar texnologiyasi bo‘yicha genomika 
eng muhim ahamiyatga ega, proteomika genomikaga asoslangan bo‘lib, u 
allaqachon tirik mavjudotlarni oqsil darajasida ko‘p jihatdan o‘rganilgan 
hisoblanadi.

Download 181.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling