1-mavzu: genomika fani kelib chiqish tarixi, maqsadi, vazifasi va o‘rganish metodlari reja


Genom haqida tushuncha. Genomika uslublari


Download 181.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.03.2023
Hajmi181.57 Kb.
#1268970
1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу

Genom haqida tushuncha. Genomika uslublari. 19-asr boshlarida 
genetika fani "gen-xususiyat" darajasida G. Mendel tomonidan taniqli fundamental 
qonunlarning kashf etilishi natijasida rasmiy tan olindi. Genning mavjudligi 
aniqlangan, ammo uning moddiy tabiati noma‘lum bo`lib qoldi. Faqat 1950-
yillarda DNKning ikki spirali va DNK bo`lagi sifatida gen kontseptsiyasi paydo 
bo`ladi va tezda tasdiqlangandan so`ng, molekulyar genetikaning, individual 
genlarning o`lchamlari, gendagi funktsional hududlar va boshqalar jadal 
rivojlanishi boshlandi. Bunga parallel ravishda biokimyogarlar genetiklar 
ishtirokida genetik kodni DNKdan oqsilga o`tkazish bilan oqsil sintezining 
matritsali mexanizmini ochib berdilar.
Genom – organizm hujayrasida to`plangan irsiy materialning yig`indisidir. 
Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo`lgan biologik axborotni 
saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha 
hujayrali hayot formasiga ega bo`lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba‘zi bir 
viruslar genomi RNK dan iborat. Shu bilan birga, ―genom terminining boshqacha 
talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma‘lum turning genetik materiallari 
xromosomalarni gaploid to`plami yig`indisiga tushuniladi. Eukariotlarning genomi 
hajmi haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida tushuniladi. 
Odamda (Homo sapiens) somatik hujayralar irsiy 
materiali yadroda joylashgan 23 juft xromosomada (22 
juft autosoma va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon 
bo`ladi. 
Wilhelm Ludvig Johannsen 1857—1927 yillar 


 Bundan tashqari hujayra ko`plab nusxadagi mitohondrial DNK ga ega. 
Odamning 22 juft autosoma, X va Y jinsiy xromosomlari, mitohondrial DNK 
birgalikda bo`lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil qiladi 
Gen termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909-yili, ya‘ni 
Uilyam Betson genetika terminini kiritgandan 3 yil keyin ishlatilgan. Grekchadan 
tarjima qilinganda ―gen - bu ―avlod, shuning uchun ―genetika – bu ajdoddan 
avlodga belgilarni o`tishini o`rganuvchi fandir. 
Genlarni o`rganish bilan genetika fani shug`ullanadi, uni boshlab bergan 
Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865-yilda no`xatni chatishtirishda belgilarni 
avlodga o`tishini o`rganishga bag`ishlangan o`zining ilmiy ishlari natijasini e`lon 
qilgan. 
Genom termini 1920-yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur 
organizmlarning xromosomalari gaploid to`plamida yig`ilgan genlarni yozish 
uchun ishlatilgan. Shuning uchun ― genom deganda genlarni bir butunlikka 
birlashtirishga tushuniladi. 
Avvaldan gen termini ma‘lum irsiy axborotni o`tkazishning nazariy birligi 
sifatida paydo bo`lgan. 
Keyinchalik eksperimental tasdiqlandiki, faqat DNK o`zida irsiy axborotni 
saqlaydi va bu holat molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida 
ko`rsatilgan. 
Gen (grekcha.-grech. γένος avlod) — tirik organizmlarning strukturaviy va 
funksional irsiy birligi. 
Gen DNK ning shunday uchastkasiki, unda ma‘lum bir polipeptid yoki 
funksional RNK ketma-ketligi berilgan. 
Genlar aniqroq, genlar alleli organizmlarning ko`payishida ajdoddan avlodga 
o`tadigan irsiy belgilarni belgilaydi. Ba‘zi organizmlar orasida, asosan bir 
hujayralilarda, ko`payish bilan bog`liq bo`lmagan holda genlarning gorizontal 
o`tishi uchrab turadi. 
Gen – irsiy axborot birligi bo`lib, genom yoki xromosomada ma‘lum o`rinni 
egallagan va organizmda ma‘lum funksiyani nazorat qiladi. 
Genning klassik belgilanishi: bitta gen – bitta belgi. 
Shunday qilib, gen tushunchasi faqat DNK ni kodlanuvchi uchastkasi bilan 
cheklanmaydi, balki o`z ichiga regulyator ketma-ketligini olgan keng miqyosdagi 
konsepsiyani qamrab olgandir. 
Genomning o`lchamini DNK uchastkalarining uzunligini odatda ming yoki 
million juft nukleotidlarda hamda morganidlarda ko`rsatishadi. Keyingi usul 
genlarni ulanishini tahlil qilishga asoslangan: genlar orasidagi masofa 1 
santimorganid 0,01 morganid bo`lganda ular o`rtasidagi krossingover ehtimolligi 
meyozda 1 % ga teng bo`ladi. 
Tirik oragnizmlarning genomlari – viruslardan to hayvonlargacha – o`lchami 
bo`yicha 6 darajaga farq qiladi: bir necha ming juft asosdan bir necha milliard juft 
asosgacha. 
Genlarning soni bo`yicha diapazon ancha qisqa: oddiy viruslarda 2-3 gendan 
va ba‘zi bir hayvonlarda 40 ming gengacha bo`ladi. 
Genomning o`lchami va genlarning miqdoriga qarab genomlar 2 ta sinfga 


bo`linadi: 
1) katta bo`lmagan kompakt genomlar, ular odatda 10 million juft asosdan 
ko`p bo`lmaydi; 
2) katta o`lchamdagi genomlar, ularning tarkibi 100 million juft asosdan 
ko`p bo`ladi. 

Download 181.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling