1-Mavzu. Geoaxborot texnologiyalari va ilovalarini ishlab chiqish fani mazmuni, predmeti va metodlari
Download 1.11 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoaxborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari
- GATning asosiy tizimlari GATning muhim tizimlari
1-Mavzu. Geoaxborot texnologiyalari va ilovalarini ishlab chiqish fani mazmuni, predmeti va metodlari Bu mavzuda quyidagi tushunchalarni o‘rganiladi Fanning vazifalari. Geoaxborot texnologiyalari haqidagi asosiy tushunchalar va uni o‘rganishdan maqsad. Ularning dasturiy va apparat vositalari, axborot ta’minoti, tasvirlarga ishlov berish va raqamli xaritografiya, ma’lumotlarni mufassal tahlili va modellashtirish, kompyuter grafikasi kabi usullarni amaliyotda keng joriy qilishda Zamonaviy Geoaxborot texnologiyalari ahamiyati, geoaxborot texnologiyalari umumlashgan funksiyalari, ma’lumotlar manba’lari va ularning tiplari.
Geoinformatsiya tizimlari rivojlanish tarixi to‘rt davrga bo‘linadi.
Geoaxborot tizimlari ta’rifi va tushunchasi Geografik informasion tizimi (GAT), (geografic information system, GAT) - fazoviy xarakterdagi ma’lumotlar va ular bilan bog‘langan fazoviy bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ishlov berish, tahlil qilish va akslantirish asosida geografik fazo haqida ma’lumot va bilim olish imkonini beruvchi tizimdir. Shu o‘rinda zamonaviy GAT – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. Ма’lumotlarni jamlash Ма’lumotlarni saqlash va ajtatish Ма’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash Ма’lumotlarni chop etish
Geografik informatsion tizimlarining umumlashgan holati. GATlarining asosiy tashkil etuvchilari sirasiga texnik, dasturiy va axborot ta’minoti kiradi. GATlarning tashkil etuvchilariga talablar foydalanuvchi tarafidan aniqlanadi. Bunday talablar qaralayotgan hududning tabiiy sharoitlari va o‘rganilganlik darajasi asosida yechilayotgan masala (tabiiy resurslarning hisobi yoki shahar infrastrukturasini boshqarish) mohiyatiga ko‘ra aniqlanadi. Texnik ta’minoti
Dasturiy ta’minoti
Axborot ta’minoti
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling