1-MAVZU.
GEOMETRIK OPTIKA. LINZA VA PRIZMALARDA NURLARNING YO‘LI. TASVIR YASASH. LINZALARNING OPTIK KUCHI. YORUG‘LIKNING QAYTISH VA SINISH QONUNI.
15.1. Gorizontal yorug‘lik nuri vertikal joylashgan ko‘zguga tushadi.
Ko‘zgu o‘z o‘qi atrofida α burchakka buriladi. Qaytgan nur qancha
burchakka buriladi?
15.2. Botiq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 20 sm. Ko‘zgudan 30 sm
uzoqlikda balandligi 1 sm bo‘lgan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va
balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.
15.3. Agar buyum egrilik radiusi 40 sm bo‘lgan qavariq sferik
ko‘zgudan 30 sm uzoqlikka joylashtirilgan bo‘lsa, ko‘gudagi buyumning
tasviri qanday masofada hosil bo‘ladi? Buyum 2 sm kattalikda bo‘lsa,
tasvirning kattaligi qanday bo‘ladi? Hisoblash millimetrli qog‘ozda grafik
yo‘l bilan tekshirilsin.
15.4.Qavariq sferik ko‘zguning egrilik radiusi 60 sm. Ko‘zgudan 10 sm
uzoqlikda balandligi 2 sm keladigan buyum qo‘yilgan. Tasvirning vaziyati va
balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.
15.5. Egrilik radiusi 40 sm bo‘lgan botiq sferik ko‘zguda natural
kattaligining yarmicha keladigan haqiqiy tasvir olinmoqchi. Buyumni
qayerga qo‘yish kerak va tasvir qayerda olinadi?
15.6. Buyumning botiq sferik ko‘zgudagi tasviri uning o‘z kattaligidan
ikki marta katta. Buyum bilan tasvir o‘rtasidagi masofa 15 sm. Ko‘zguning:
1) fokus masofasi va 2) optik kuchi aniqlansin.
Adabiyotlar.
Volkenshteyn V.S. “Sbornik zadach po obshemu kursu fiziki” M.2004.
Landsberg G.S. "Optika" T 1981.
Karimov R., Otajonov Sh., Eshjanov V., I.|Buribaev |Optikadan masalalar va laboratoriya ishlari to’plami O’quv qo’llanma, Toshkent, 2016.
Qo’yliyev V.T. “Optika” “Fan va texnologiya” T. 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |