1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
Suyuqliklarning fizik xossalari
Download 276.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
1.6. Suyuqliklarning fizik xossalari. 1. Solishtirma og`irlik. Hajm birligidagi modda og`irligi suyuqliklarning solishtirma og`irligi deb ataladi va grekcha harfi bilan belgilanadi. = G/ V (1.3) bu yerda: V-suyuqlik hajmi (birligi m 3 ), G–og`irligi (birligi H). Solishtirma og`irlikning o`lchov birligi СИ da H /m 2 texnik sistemada esa kg/m 3 bo`lib, ular o`zaro quyidagicha bog`langan: 1 kg/m 3 = 9,80665 H /m 2 Solishtirma og`irlik hajmi ariometr bilan o`lchanadi. Solishtirma og`irlik bosimga va temperaturaga bog`liq bo`lib, ular o`rtasidagi munosabat ideal gazlar uchun quyidagi formula bilan ifodalanadi. p/ = RT (1.4) bu yerda: p-bosim, T–mutlak harorat, R-gaz doimiysi ( R havo =287 J/kg.grad, R metan =518 J/kg.grad ) Suyuqlik solishtirma og`irligining 4 0 С dagi suvning solishtirma og`irligiga nisbati uning nisbiy solishtirma og`irligi bo`ladi. 2. Solishtirma hajm. Suyuqlikning og`irlik birligiga to`g`ri kelgan hajmi suyuqliklarning solishtirma hajmi deyiladi va hajmni og`irlikka bo`lish yo`li bilan aniqlanadi: v = V/G (1.5) (1.1) va (1.3) formulalardan ko`rinib turibdiki, v=1 yoki v =1/ Solishtirma hajm ham solishtirma og`irlik kabi bosim va haroratga bog`liq: pv = RT (1.6) 3. Zichlik. Suyuqlikning hajm birligiga to`g`ri kelgan tinch holatdagi massasi suyuqlikning zichligi deyiladi. = M / V , (1.7) M-suyuqlikning massasi. Zichlikning o`lchov birligi quyidagicha: [ ]= M / L 3 = Hc 2 / m 4 Zichlik haroratga bog`liq bo`lib, odatda, harorat ortishi bilan kamayadi. Zichlik bilan solishtirma og`irlik o`zaro quyidagicha bog`langan = /g (1.8) 4. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Zichlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Demak, issiqlik o`zgarishi bilan hajm ham o`zgaradi. Suyuqliklarning bu xususiyatlaridan gidravlik mashinalarni hisoblashda va turli masalalarni hal etishda foydalaniladi. Suyuqliklarning hajmiy kengayishini ifodalash uchun hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi va u t bilan belgilanadi. Birlik hajmdagi suyuqlikning temperaturasi 1 0 С ga oshgandagi kengaygan miqdoriga uning hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi. t = ∆V / V∆t (1.9) bu yerda ∆V=V-V c -qizdirilgandan keyingi va boshlang`ich hajmlar ayirmasi; ∆t = t –t 0 - temperaturalar ayirmasi; t - juda kichik qiymat bo`lib, u t=20 0 C da suv uchun t = 2 10 -4 1/grad. 5. Suyuqliklarning siqilishi. Texnikada va tabiatda bosim juda katta bo`lgan xollar uchraydi. Bunda suyuqliklarning umumiy hajmi katta bo`lsa, hajmning o`zgarishi sezilarli miqdorga ega bo`ladi va u hisobga olinadi. Suyuqliklarning siqilishini hisoblashda hajmiy siqilish koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi va u p bilan belgilanadi. Bosimni bir birlikka oshirganda suyuqlikning hajm birligida kamaygan miqdori hajmiy siqilish koeffitsiyenti deyiladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi. p = - ∆V / V ∆p (1.10) Bu yerda: ∆p=p-p o -o`zgargan va boshlang`ich bosimlar ayirmasi. Download 276.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling