1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
Suyuqlikda ichki ishqalanish haqida Nyuton gipotezasi
Download 276.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-rasm. Qovushoqlik tushunchasiga doir chizma
1.7. Suyuqlikda ichki ishqalanish haqida Nyuton gipotezasi.
Suyuqlikni yuzasi katta bo`lgan idishga solib, uning yuziga biror plastinka qo`ysak va bir plastinkani ma'lum bir kuch bilan torta boshlasak, suyuqlik zarrachalari plastinka sirtiga yopishishi natijasida harakatga keladi (1.2-rasm). Agar plastinkaning F kuch ta'sirida olgan tezligi U bo`lsa, u bilan yonma-yon turgan zarrachalar ham U tezlikka ega bo`ladi. Suyuqlikning qalinligi bo`yicha bir qancha yupqa qatlamlar bor deb faraz qilsak, u plastinkadan pastki devorga tomon kamayib boradi. Harakat ixtiyoriy qatlamda uning ustida joylashgan boshqa qatlam zarrachalari orqali beriladi. Bu harakat suyuqlik qatlamlarining deformatsiyalanishiga olib keladi. 1.2-rasm. Qovushoqlik tushunchasiga doir chizma Agar suyuqlik ichida pastki sirti idishning asosidan y 1 masofada, ustki sirti esa y 2 masofada bo`lgan suyuqlik qatlamini ko`z oldimizga keltirsak, yuqoridagi muloxazalarga asosan uning pastki sirtida tezlik u 1 , yuqori sirtida esa u 2 bo`ladi. Shunday qilib, olingan qatlamning qalinligi ∆y=y 2 - y 1 bo`yicha suyuqlik tezligi u 2 -u 1 = u miqdorga o`zgaradi, ya'ni qatlamning yuqorigi sirti pastki sirtiga nisbatan siljiydi va qatlam 1.2-rasmdagi shaklda ko`rsatilgandek deformatsiyalanadi. Siljish burchagini deb belgilasak, siljish kattaligi tg = u/ y bo`ladi. qatlam qalinligini cheksiz kichraytirib, differentsial belgilashga o`tsak, u holda yuqoridagi nisbat tezlik gradiyenti (du/dy) ni beradi. Suyuqlik sirtidagi plastinkaga qo`yilgan kuch qancha katta bo`lsa, siljish shuncha ko`p bo`ladi. Bu esa qo`yilgan kuch bilan tezlik gradiyenti orasidagi bog`lanishni ko`rsatadi. Shunday qilib, suyuqliklardagi ichki ishqalanish kuchi tezlik gradiyentiga bog`liq. 1686 yili I.Nyuton ana shu bog`lanishni chiziqli bog`lanishdan iborat degan gipotezani oldinga surdi. Bu gipotezaga asosan, suyuqlikning ikki harakatlanuvchi qatlamlari orasidagi ishqalanish kuchi F qatlamlarning tegib turgan sirti S va tezlik gradiyenti dU/dy ga proportsional, ya'ni F = µ S du/dy (1.11) Proportsionallik koeffitsiyenti µ dinamik qovushqoqlik deb ataladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun ishqalanish kuchining birlik yuzaga to`g`ri kelgan kattaligi yoki ishqalanish kuchidan hosil bo`lgan urinma zo`riqish deb atalgan kattalikka o`tish zarur bo`ladi. Bu kattalik grekcha harfi bilan belgilanadi. = F / S = µ du / dy (1.12) bunda musbat va manfiy ishora tezlik gradiyenti yo`nalishiga qarab tanlanadi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Gidravlika nimani o`rganadi. 2. Gidravlika fanining kelib chiqishi va uning tarixi. 3. Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida qo`llanishi. 4. Bosim tushunchasi. 5. Suyuqliklarga ta'sir qiluvchi kuchlar. 6. Suyuqliklarda solishtirma og`irlik, solishtirma hajm. 7. Suyuqliklarda zichlik. 8. Suyuqliklarning issiqliklardan kengayishi. 9. Suyuqliklarning siqilishi. 10. Suyuqliklarda qovushoqlik. Download 276.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling