1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


-Davlat modem, l’aks va shu kabilarni ishlab chiqarish va ishlatis nazorat qiladi


Download 1.03 Mb.
bet28/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

-Davlat modem, l’aks va shu kabilarni ishlab chiqarish va ishlatis nazorat qiladi.

•20




  1. rasm. Globallashuv siyosatdagi kuchlar muvozanati va ta’siri Shunga o‘xshash holatni davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini

tartibga solinishi nazarda tutilishini iqtisodiyotda ham ko‘ramiz. Bu borada bir nechta muammo ko‘rib chiqilmoqda. Birinchidan, global bozorlarning, ayniqsa bir kunlik aylanishi 1 trillion dollarni tashkil etuvchi valyuta bozorining faoliyati. Bu faoliyat, masalan, ishsizlik, inflyatsiya darajasini tartibga solish bo‘yicha davlat tomonidan o‘tkazilayotgan mustaqil milliy siyosatni o‘rnatishga putur etkazadi. Ikkinchidan, qisqa muddatli va uzoq muddatli kapital, yuqori malakaga ega mehnat resurslari kabi ishlab chiqarishning yuqori safarbarligini ko‘rsatuvchi omillar davlat tomonidan ishlab chiqarishni joylashtirish, daromadning taqsimlanishi, soliq stavkalarini o‘rnatilishi va atrof muhitni muhofaza qilish va ish bilan band qilish sohalari ustidan nazoratni ancha kamaytiradi.
Shunday qilib, globallashuv davlatlarning iqtisodiy siyosat sohasidagi harakatlarini cheklaydi, lekin uni bekor qilmaydi.
Alohida olingan mamlakatlar uchun globallashuvdan keladigan foyda yoki yo‘qotishlar integratsiya bilan emas, balki bu mamlakatlar ichki bozorining tuzilmasi xususiyatlari bilan ko‘proq bog‘liq. Globallashuv raqobatbardoshlikni kuchaytiradi. SHu sababli jahon bozoriga chiqish muvaffaqiyat kafolati hisoblanmaydi. Masalan, kemasozlik, aviatashish xizmatlari, kimyoviy qayta ishlash, po‘lat ishlab chiqarish kabi sohalar xalqaro raqobat sharoitida o‘z daromadlarini yo‘qotib, tavakkal qilishga majbur bo‘lmoqdalar. Globallashuv jahon bozorida to‘g‘ri strategiyani tanlay olganlarga eng ko‘p foyda keltiradi va bu bilan xalqaro raqobatning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Globallashuv fenomenining mohiyati shundaki, u jahon bozorida tan olingan va tan olinmaganlarning foydalari farqini kuchaytiradi. Bu hamma sohalarda (sport, san’at, fan, musiqa, bank ishi yoki korporativ sohalar) ham o‘z aksini topadi.
Hozirgi sharoitda tashqi savdo siyosati davlatning iqtisodiy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita hisoblanadi va tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.

  1. Xalqaro savdo dinamikasi va o‘zgarishlarining xususiyatlari.

Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro savdoning mavqei XX asrda tobora oshib bordi. Buning asosida, birinchi navbatda, xalqaro savdoning hajmi 1870 yillardan boshlab muntazam ravishda o‘sib borishi yotar edi. Agar 1870-1913 yillarda eksportning o‘rtacha yillik o‘sishi 3,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1950­2015 yillarda bu ko‘rsatkich 6,2 foizni tashkil etdi, savdoni YAIMdagi ulushi esa ushbu davrda 4,6 foizdan 19,4 foizgacha oshdi.
XX asrning 50-yillaridan so‘ng jahon iqtisodiyotida xalqaro savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Jahon eksporti 1948 yilda atigi 59 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Ushbu davr ichida mintaqalarning jahon eksportidagi hissasi ham o‘zgardi: SHimoliy Amerikaning hissasi 28,1 foizdan 14,5 foizgacha tushgan bo‘lsa, YAqin SHarq va Osiyoning ulushi esa qariyb ikki barobar o‘sdi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling