1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet66/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

иинш днвсрсификашыен:




2. куп гомонлама

хамкорлнк

алокалармшшг

мусгахкамлашшш

rsa

жадаллаш i ирилишн.














3. Тежаш ва зарурмй зачираларннш ярашлишн.




  1. Экспоргга мулжахчаш ан мшлаб чикармшнннг шакллашшш.

Л
19.7-rasm. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning tashqi omillar.
Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
-eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim;

  • mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish;

-ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish;
-ishlab chiqarish kooperatsiyasini, injiniring, lizingni rivojlantirish;

  • xorijiy davlatlar ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish;

-mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunakatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

  • kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro valyuta, moliyaviy muammolarni tartibga solish.

  1. Globallashuv sharoitida milliy iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiy raqobatbardoshlikni ta'minlanishi.

Iqtisodiyotning globallashuvi jahon iqtisodiyoti subektlari o‘zaro aloqalarining kuchayishi, iqtisodiy sanktsiyalar (savdoda kamsitish, ekspansiya, embargo, qamal), huquqiy asosda xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimini yaratish vazifalarini qo‘yadi.
Mamlakatning ichki holati, uning resurs salohiyatidan foydalanish va xalqaro munosabatlardagi obro‘sini saqlashga bog‘liq. Mamlakat hayoti va faoliyatini bashoratlashning iqtisodiy asosini xo‘jalik maqsadlari va rejalari,
moddiy xarajatlar va iqtisodiy faoliyat natijalari tashkil qiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni, aholining normal hayoti va faoliyatini, jumladan uning ish bilan bandligi, iqtisodiy jihatdan o‘sish imkoniyatini ta’minlovchi rivojlanish darajasida saqlashni bildiradi.
Global (texnologik, moliyaviy, informatsion) tizimlarning jadal rivojlanishi barcha darajalarda migratsiya oqimlarining keskin ko‘payishi bilan kechadi. Ushbu hol inson resurslarini boshqarishning yangi vazifalarini qo‘yadi. Mamlakatlar, ularning guruhlari, alohida mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farq davlatlar ichida va o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy keskinlik bo‘lishini istisno etmaydi.
Jahon iqtisodiy taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi:

  1. iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi;

  2. xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovarlarni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda.

Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyatchilik - kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj manipulatsiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi.
Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat jihatdan yangicha hodisa, bu korruptsiya, jinoiy qatlamlar va davlat apparatining birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling