1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Antiglobalizmning asl mohiyati va uning ko„lami


Download 1.03 Mb.
bet69/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Antiglobalizmning asl mohiyati va uning ko„lami.

Hozirgi paytda, antiglobalistlarni ta’kidlashlaricha, G‘arb mamlakatlari nazariyotchilari va siyosatchilari, boshqa davlatlarning milliy mustaqillik suverenitetiga qarshi chiqib, milliy davlatchilik pozitsiyalariga hujum qilmoqdalar. Ayrim olimlarning va siyosatchilarning fikricha, har qanday davlat aslida arxaizm bo‘lib, globallashuv sharoitida u o‘z pozitsiyasini millatlararo tuzilmalarga bo‘shatib berishi kerak. Darhaqiqat, globallashuv sharoitida milliy davlatchilik asoslari nafaqat umuman so‘nmasligi, balki, aslida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirishi kerak. Agarda u yoki bu mamlakat barcha iqtisodiy to‘siqlarni bartarf etadigan bo‘lsa, unda milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish imkoniyatlari kamayadi va bu holat milliy davlatchilik asoslarini zaiflashishiga olib keladi. Bunday sharoitda millionlab ishchi-xodimlar an’anaviy milliy iqtisodiyotni zaiflashtiradigan global iqtisodiy tizimda o‘z mavqe’larini yo‘qotadilar.
Antiglobalistlar aslida globallashuvga qarshi emasliklarini va birinchi navbatda uni aloqa tizimlarini rivojlantirish bilan bog‘liq foydasini ularning o‘zlari bir necha bor ta’kidlamoqdalar. Biroq, ular bozor raqobati tamoyillarini inkor etsalar ham “boshqacha, ya ’ni xalqaro tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishni ta’minlaydigan globallashuv tarafdorlari” SHuning uchun bo‘lsa kerak, globallashuvga qarshi antiglobalistlar harakatida turli xil kuchlar va oqimlar nomoyon bo‘lmoqda:
Asl globallashuv jarayonlariga qarshi turuvchilarga;
O‘z maqsadlarini globallashuvning muqobil, ya’ni yanada demokratik va insonparvar modelini topishda ko‘radigan oqimga tegishlilarga bo‘linmoqda.

  1. asrga kelib antiglobalizm, milliy davlatchilik chegaralaridan chiqib ketgan qudratli ijtimoiy-siyosiy harakatga aylandi. Rossiyalik iqtisodchi olim E.A.Arzoyantsning ta’kidlashicha, globallashuvga qarshi harakat tufayli “yovvoyi globallashuvni jilovlash” zaruratini tushunib etish tobora ortib bormoqda. Keyingi paytlarda, neoliberial globallashuv inqirozidan chiqishning “milliy” yo‘lining yo‘qligi va faqat “transmilliy” yo‘lining mavjudligi tobora ravshanlashib bormoqda. Bir qutbli dunyoni barpo etishning neoliberial(yangi liberial) nazariyasi va amaliyotiga qarshi bo‘lgan antiglobalistlar, zamonaviy dunyoning sotsial- iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining boshqa modelini taklif qilmoqdalar.

Antiglobalizmning sotsial-reformizm(sotsial-islohotchilik) varianti, hech bo‘lmaganda demokratiya etarlicha rivojlangan, inson huquqlari va demokratik qoidalarga hurmat bilan qaraydigan, fuqarolik hokimiyati davlat siyosatidan ustunligi bilan ajralib turadigan ijtimoiy bozorli iqtisodiyot tamoyillarini ro‘yobga chiqaradigan modelini yaratishni nazarda tutadi, ya’ni ular nazariy jihatdan SHved iqtisodiy modelini butun jahon iqtisodiyotiga o‘tkazishni taklif qilmoqdalar.
Eng muhimi shundaki, globalizmga qarshi harakatning mohiyati, uning erkin va hurfikrlilik tamoyillariga hamda ko‘p jihatlilikka egaligidadir. Bu harakat tabaqalashmagan o‘zaro gorizontal aloqalardan iborat bo‘lib, ishtirokchilarining hamkorligi, harakat tuzilmasining aniqligi va tezkor yaratilishi(tashkil etilishi) hamda uni tezda barham topishi, harakatlar hamkorligiga “kirish” va “chiqish” uchun ochiqligi, foydalanadigan umumiy resurslarning(birinchi navbatda inform atsi on axborot resurslarining) mavjudligi bilan va ishtirokchilarning roli, ko‘lami(oz yoki ko‘pligi), faoliyat mazmuniga nisbatan uning ikkilamchi shakli va tuzilmalaridan qat’iy nazar teng huquqli ekanligi, tarmoq tamoyili yoki kelishuvlarga asoslangan xalqchilligi, ya ’ni ishtirok etishni demokratiyalashganligi bilan tavsiflanadi.
Antiglobalizmning, ya’ni, globalizmga qarshi kurashning yana bir muhim jihati, uning baynalminallikka asoslangan sinfiylik xususiyatidir, ya’ni ishtirokchilarning qanday tabaqaga tegishliligidan qat’iy nazar, oddiy xalq manfaatlarini ko‘zlanishida, uning mentalitetiga molik tarzda milliy qadriyatlarni saqlanishida o‘z ifodasini topadi.
SHunday qilib, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib antiglobalizm harakatiga yana bir ta’rif berishimiz mumkin: Antiglobalizm - bu globallashuvga qarshi xalqaro jamoatchilik harakati bo„lib, uning maqsadi globallashuvni rad etish va globallashuvning demokratik-xalqchil modelini shakllantirishga qaratilgan chiqishdir.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling