Xavflar taksonomiyasi
Taksonomiya - bu murakkab hodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to'g'risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tarkibini yanada chuqurroq o'rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo'lib, hali to'la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to'g'rida taksonomiyaning ishlangan qismi to'g'risida so'z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo'yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo'ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo'yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo'linadi.
3. Salbiy oqibatlarning ro'y berish vaqti bo'yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to'satdan keluvchi) larga bo'linadi.
4. Xavflarning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha (lokulizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog'liq bo'ladi.
5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo'yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong'inlar va o'limga olib boradigan sabablar.
6. Xavflar keltiradigan zarari bo'yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.
7. Xavfni namoyon bo'ladigan muhiti bo'yicha - maishiy, sport, yo'l transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta'siri bo'yicha xavf - aktiv va passiv, o'ta (zaharlar, kislotalar) va
sust ta'sirchan(narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo'ladi. Passiv deganda odamning o'zi sababchi bo'ladi.
Xavflar ro'yxati. Bu aniq bir tartiblar bo'yicha qo'yilgan nomlar, atamalar, ro'yxati (o'zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosimi, yorug'lik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbetsid, shovqin, tebranish yoki titrash, yong'in, zaharli moddalar, lazer nurlari, elektr yoyi va h.k.).
Har bir tekshiriladigan obektda o'tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obektda (tsexda, ish joyida, texnologik jarayonda, kasbda) uchraydigan xavflar ro'yxati tuziladi.
Xavflarning kvantifikatsiyasi
Bu hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo'lgan miqdoriy, vaqtincha fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab, amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilish xavflar ro'yxati, fazodan tashqariga chiqarmaslik (jamlash), mumkin bo'lgan zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |