Sabablar va oqibatlar. Yashirin xavflar amalga oshishiga olib keladigan sharoit - sabab deb ataladi. Sabablar - jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishini (epidemiya), atrof muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf-sabab-oqibat uchligi - bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi taraqqiyotning mantiqiy jarayonidir. Masalan: zahar (xavfli) - dori tayyorlovchining xatosi (sabab) - zaharlanish (ko'ngilsiz oqibatlar). elektr toki - qisqa ulanish - kuyib qolish. Aroq - juda ko'p bo'lsa-o'lim.
Yashirin xavflar aksiomasi (o'z-o'zidan ma'lum xaqiqat).
Mutloq xavfsiz bo'lgan ish (faoliyat) bo'lishligi mumkin emas. Demak, xar qanday (faoliyat) bo'lmasin - unda yashirin xavf bo'ladi. Bu aksioma HFX da g' oyat katta metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasining asosiy fikrlari
1950 yil sentyabr oyida Kioln shaxrida bo'lgan Hayotiy faoliyat xavfsizligi birinchi jaxon kongressida, olimlar HFXni fan deb atashni qabul qildilar va o'z ma'ruzalarida «tavakkal» tushinchasini qo'lladilar. Kongressda xar bir olim «tavakkal» tushunchasini o'zicha talqin qildi. Masalan: V.Marshal - tavakkal - bu xavfning miqdoriy baxosidir. Miqdoriy baxo - bu bo'lib o'tgan ko'ngilsiz xodisalarning aniq bir davr ichida bo'lishi mumkin bo'lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani tavakkali degan savolga javob berish kerak.
Rasmiy nuqtai nazardan «tavakkal» - bu takrorlanish. Ammo, bu tushunchalar orasida muayyan farq mavjud, chunki xavfsizlik ma salalari bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz oqibatlar soni to'g'risida shartli ravishda aytishga to'g'ri keladi.
Tavakkal ikki xil bo'ladi:
1. Shaxsiy tavakkal - ayrim shaxs uchun aniq xavf turi.
2. Ijtimoiy tavakkal - takroriy xodisalar natijasida jaroxatlangan insonlar orasidagi bog'liqlik.
Tavakkalni klassifikatsiyalash. Tavakkalni baholashda uni foyda" bilan solishtirish, ya'ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilishi taklif qilinadi. Ko'pchilik insonlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo'q, bunda pulvozlik qilish yaramaydi. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag' sarf qilish kerak deganda, bunday baho kerakdir. Xorijda o'tkazilgan tekshirishlarga ko'ra odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.
Tavakkalni aniqlash qancha taxminiy bo'lishiga qaramay, uni aniqlashning quyidagi 4 yo'li mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |