Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta’minlash, iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borish, inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning xar xil tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlash masallarini o‘rganish xisoblanadi. Buning asosida rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‘sib borishini ta’minlash, umumbashariy tabiiy zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta’minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e’tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat berish zarurati ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |