1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari. Reja
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadi insonlaming xavfsiz hayot faoliyatini ta’minlashdan iborat
Download 52.74 Kb.
|
1-maruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadi insonlaming xavfsiz hayot faoliyatini ta’minlashdan iborat.
HFXning maqsadi farmatsevtik ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi – farmatsevtika sohasida ta’lim olayotgan talabalarni hayotga, jumladan mehnatga tayyorlash uchun ularga fuqarolar, mehnat va favqulodda vaziyatlarda inson faoliyat xavfsizligini ta’minlashga doir bilim, ko‘nikma va malaka berish orqali muayyan kompetentlik darajasiga ko‘tarish. Maqsadga erishmoq uchun hayot faoliyati havfsizligi fani quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: fanning zamonaviy ilmiy-nazariy va amaliy asoslariga doir bilimlarni berish; hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini hosil qilish; olgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, uni tashviqot va targ‘ibot qilish malakasini egallash. Maqsadga erishish uchun hayot faoliyati havfsizligi fani quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: 1. Xavflarning identifikatsiyasini o'rganish. Bunda inson faoliyat jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko'ngilsiz oqibatlarini o'rganish. 2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko'rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlami o'rganish. 3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish. 4 .Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish. 5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz xodisalarning oldini olish choratadbirlarini o'rganish. 6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o'tkazish. 7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni o‘rgatish. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining asosiy maqsadi insonlaming xavfsiz hayot faoliyatini ta’minlashdan iborat. Buning uchun XFX o'zining tekshirish obyektlari bo’yicha qabul qilingan qonunlar va hukumat qarorlari asosida inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning nazariy bilimlarini, amaliy ko'nikmalarini hamda jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o'rgatadi. Oxirgi yillarda ko‘pgina ishlab chiqarish tarmoqlarida ish sharoitlari yaxshilangan bo‘lsa-da, ayrim sohalarda bunday sharoitlar talab darajasida emas. Bunga sabab ishlab chiqarish dastgohlarining eskirganligi. ishlab chiqarish muhiti talablarining buzilishi, xavfsizlik vositalarining kamligi yoki yo'qligidir. Shular oqibatida ishlovchilaming jarohatlanishi, kasallanishi ro‘y berib. natijada mehnat nogironiga aylanib qolmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz sog’lom mehnat sharoitini yaratish, ish jarayonidagi kamchiliklami yo'qotish, mehnatni ilmiy tarzda tashkil etish, xavfsiz mehnat uslublarini qo‘llash, mehnat charchoqliklarini chiqarish tadbirlarini qo‘llashni talab etadi. Bu vazifalar melinatni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlari va kerakli standartlar asosida amalga oshiriladi. “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242 – sonli Qarori) ga muvofiq: FVDTning kuch va vositalari: Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari; Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; qutqaruv tuzilmalari; Vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, Respublika, maxalliy va ob’ektlar darajasida FVDTga tegishli xududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari; O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti. FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YOng‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi: kundalik faoliyat rejimi - me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda; yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda; favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida. «O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» (FM boshlig‘ining № 3 sonli Buyrug‘i 10.11.2007 yil) Ob’ekt tuzilmalari -Korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xo‘jaliklar va barcha muassasalarda FM vazifalarini bajarish maqsadida ushbu ob’ektlarda ishlovchilar soni va ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni va mavjud shart sharoitlarni hisobga olib quyidagi tuzilmalar tashkil etadi: - razvedka guruhlari, zvenolari; -aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari; - qutqaruv komandalari yoki guruhlari; - sanitar drujinalari yoki sanitar postlari; - jamoat tartibini saqlash guruhlari; - yong‘in xavfsizligi guruhlari; - himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar; - avariya-texnik guruhlar; - radiatsiyaviy-kimyoviy nazorat postlari; - boshqa tuzilmalar. Zero, Prezidentimiz I.Karimovning so‘zlarini eslasak, “Har qanday mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muommolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” (O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11-12-B). Shuning uchun maxsus qutqaruv xizmatlari bilan bir qatorda joylardagi, turli muassasa va korxonalar qoshidagi qutqaruv xizmatlarining Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rni aloxida e’tiborga molik. Xozirgi vaqtda ular malakasini oshirish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri bo‘lmog‘i shart. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. Respublikamiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir. Boshqacha aytganda: “Har qanday qonun ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tadbiq etish kerak” (I.Karimov). Bu so‘zlar O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi bo‘lmish Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlari elkasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Normativ huquqiy hujjatlar –vakolatli davlat organlarining belgilangan tartibda qabul qilingan, umummajburiy kuchga ega bo‘lgan va yozma tarzda ifoda etilgan yuridik hujjati.Ularda huquqiy normalar belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi, qoidalarning mazmun va mohiyati bayon etiladi. Qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan davlatning qonun chiqaruvchi muassasa tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub’ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan normativ-huquqiy hujjat. Hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlashning qator masalalari Konstitutsiyada o 'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib.36-moddada «Har bir inson qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga gadir» deb ko‘rsatib o'tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo'qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo'lgan maoshning eng kam miqdoridan o’z bo'lishi mumkin emas» deb o'tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Har bir inson yashash huquqiga ega..», 23-moddasida esa «Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlar .huquqiga ega» deb belgilab o'tilgan. O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish ‘zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» asosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, unda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz hodisalaming oldini olish uchun zarur choralami ko‘rish kerakligi belgilab berilgan. O'zbekiston espublikasining 1993-yildagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunida ishlovchilaming mehnatini va sog'lig'ini ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat muhofazasini tashkil etishning yagona tartibini o'rnatishga qaratilgan. Bu qonun 5 ta bo‘lim va 29 moddadan iborat: I- bo'lim. Umumiy qoidalar (7 ta modda); II- bo'lim. Mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash (8 ta modda); III-bo'lim.Ishlovchilaming mehnatini muhofaza qilishga oid huquqlami amalga oshirishdagi kafolattar (6 ta modda); IV-bo'lim. Ishlovchilaming mehnatini muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik azorati (3 ta modda); V- bo‘lim. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlami buzganlik uchun javobgarliklar (5 ta modda). O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida-29.08.1997y. Ta’lim to‘g‘risida 29.08.1997y. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida.20.08.1999y. Gidrotexnika inshoatlarining xafvsizligi to‘g‘risida.20.08.1999y. Ekologik ekspertiza to‘g‘risida 25.05.2000y. Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida.26.05.2000y. Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida. 31.08.2000y. Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida28.09.2006y. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida 23.04.2009y. Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risi 29.09.2010y. Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida 26.04.2012y. Qaror davlat yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va masabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadigan normativ –huquqiy xujjatlar. Farmon davlat boshlig‘i chiqaradigan muhim xuquqiy xujjat. U mazmun va mohiyatiga ko‘ra konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq etish vositasi sifatida namayon bo‘ladi. Farmayish boshqaruvga doir tez hal qilinishi kerak bo‘lgan joriy masalalargaoid qarorlar sifatida qabul qilinadigan huquqiy hujjat. Mehnat haqidagi qonunlar asoslarida, sharoiti zararli bo`lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog`liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me'yorlarga muvofiq bepul jamokor, maxsus poyafzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, su tyoki uning o`rnini bosa oladigan boshqa ozuqa mahsuloti berilishi ko`zda tutilgan. Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga topshirilgan: Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasi. Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me'yor va qoidalariga rioya qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga rioya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega. Sanoat. davlat kon texnik nzorati agentligi. Bu tashkilot bug` qozonlarining to`g`ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish nazorat qiladi. Download 52.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling