1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari. Reja


Inson, hayot, faoliyat va xavfsizlik tushunchalari


Download 52.74 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi52.74 Kb.
#199193
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari

Inson, hayot, faoliyat va xavfsizlik tushunchalari. Har doim insonning mehnat jarayonidagi mehnatini muhofazasi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan va uning xavfsiz ishlashini ta`minlashga zamin yaratib kelingan. Shuningdek, xavfsizlikning muhimligi shundaki, u insonga eng zarur xavfsiz mehnat qilish uchun sharoitini yaratadi. Muvaffaqiyatli va ravon rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik hukm suradi. Samarali xavfsizlik tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o`ziga ishonch uyg`otadi, eng qiyin mehnat jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek optimal jamoa qarorlari qabul qilishga imkon beradi.

Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik xarakterdagi xavf-xatarlani bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlan ing oldini olish ulami kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XXI sring boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga tahdid solib turibdi.

O‘zbekiston davlatining ijtimoiy-sotsial taraqqiyotining asosiy omilini fuqarolaming mehnat qilishi va ulaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish tashkil etadi. Shu sababdan ham ishlab chiqarish tarmoqlarining asosiy maqsadi, nafaqat yuqori ko'rsatkichda va sifatda mahsulot ishlab chiqarish, balki ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda ishlovchilaming jarohatlanishiga va kasb kasalliklariga uchrashlariga olib keladigan manbalami yo‘qotishdan iborat.

Insonning faol harakatlari yig'indisi - faoliyat tushunchasini bildiradi. Aynan mana shu faoliyat insonlami boshqa tirik mavjudotlardan (hayvonlardan) farqlantiradi. Demak, faoliyat-insonning bor bo‘libturishi uchun zaruriy ko'rsatkich hisoblanadi. Mehnat esa inson faoliyatining eng oliy shaklidir. Shuning uchun faoliyat ham, mehnat ham boimasa, kishilik jamiyati ham bo'lmaydi.

Inson faoliyati va mehnatining shakllari turli xilda boladi. Ular turmushda, jamiyatda, ishlab chiqarishda, ilmda, sportda, san’atda va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan: aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi inson bilan jismoniy ehnat iladigan ishchining vazifalari tubdan farqlanadi.

Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o'rab turgan atrof muhit bilan yaqin munosabatda bo’ladilar.

Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin: «birinchi maqsadi - inson o'zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa, ikkinchi maqsadi - mehnati jarayonida yuzaga eladigan ko'ngilsiz oqibatlami bartaraf qilishdan iborat bo’ladi.

Mana shunday ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, jarayon, ta’sir etuvchi omillar, kuchlar XAVFLAR deb ataladi. Masalan, chaqmoq chaqishdan yong‘inlar, portlashlar, ishlab chiqarish jarayonining buzilishidan zaharli yoki zararli moddalaming atrof muhitga tarqalishi, ishlab chiqarish muhitining buzilishidan ishchilaming kasb kasalligiga yo'liqishi va boshqa ko‘plab vujudga keladigan xavflarni misol keltirish mumkin.



Xavflar ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra: real va potensial (yashirin) bo'ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida tabiiy, texnogen xavflar soni yildan yilga ko'payib bormoqda, jumladan, 2009-yilda 1970-yilga nisbatan ularning soni 3,5 barobarga oshgan. Asab kasalligiga uchraganlar soni ham 30 martadan ziyod ko‘paygan.

MDH davlatlarida har yili 20 mln. nafar inson turli xii ta’sirlardan jarohatlanadi, shulardan 0,5 mln. gayaqin odam halok bo‘ladi, shuningdek, 30 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat nogironi bo‘iib qolmoqda.

Shu nuqtayi nazardan har qanday ishlab chiqarish joylarida mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalarining a ’lo darajada tashkil etilishi zarur hisoblanadi

Biz bilamizki, xavfsizlik-hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o’zagini tashkil etadi va u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatlarda insonlar muayyan ehtimollikda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo, hamma xolatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo`lmaydi.

Masalan, yong’in xavfida: yong’inning boshlang’ich fazasida o`cherish mumkin bo`lsa, asosiy yo ng`in fazasida uni o`cherish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.

Yoki biror texnologik, jarayonda amal qilayotgan ko’rstgichlar: temperatura, bosim, xajm ko'rsatkichlari birdan o'zgarishga uchrasa texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta'minlash) cheklanishi mumkin, oqibatda yong'in chiqadi, yoki portlaydi, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yaroqsiz holga kelishi, atrof muhitga to'kilishi mumkin.

Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar: gomosfera va texnosfera tushunchalari qo’llaniladi.

Gomosfera - Inson faoliyati davomida uning turgan joyi tushuniladi. (Masalan, ishlovchining ob’ektdagi, sexdagi, bo’limdagi turgan joyi.)

Texnosfera-Ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi

Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‘lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi.Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir.

Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o‘limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‘z yumsa, baxtsiz voqealar natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‘ladi. Shkastlanish – 2 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining asosiy sababidan hisoblanadi.

Insoniyat vabo, o‘lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‘tdi, hayotini uzaytirish usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda. Shikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‘lamiga tenglashdi.

Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‘lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi.

Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‘ra, o‘lim holatlari ehtimoli bor.

Baxtsiz hodisalar xarakteri Ehtimolligi



Download 52.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling