1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari. Reja
Download 52.74 Kb.
|
1-maruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Avtofojea (halokat) 4000 dan 1Qulash 10000 dan 1 Alanga va yonuvchi moddalar ta’siri 25000 dan 1 Suvga cho‘kish 30000 dan 1 O‘q otadigan qurollardan jarohatlar 100000 dan 1 Aviahalokatlar 100000 dan 1 Jismlarning qulashi 160000 dan 1 Elektjarohat 160000 dan 1 Uraganlar-bo‘ronlar 2500000 dan 1 Hayot faoliyati xavfsizligi fanining mohiyati. Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. BMTning «Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti» hujjatlarida: «dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois barqaror riyojlanish kafolati bu - fuqarolar muhofazasi »dir deb yozib qo‘yilgan. Shuning uchun insonlarni hayot faoliyati xavfsizligiga tayyorlashga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. ”Hayot faoliyat xavfsizligi” fanini o`rganish insonning ilmiy dunyoqarashini o`zgartiradi, uning intellektual rivojlanishini rag`batlantiradi, eng qiziqarli va kundalik, doimiy mashg`ulotiga aylanadi. Xayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mexnat qonuniyatlari, yong‘in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi (favqulodda xolatlar) fanlari. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markazida qo‘yilgan maqsad bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Ilmiy texnik rivojlanish xayot faoliyat xavfsizligiga bog‘lik bo‘lgan yangi muammolarni keltirib chikaradi. Bu masalalarni xal etish ilmiy tadkikot natijalari va chukur bilimlarni bulishni takkoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar xavfsizlik me’yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan. Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. Shu boisdan xayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini o‘rganishda xavf paydo bo‘lish manbalari, ularning qisqacha xarakteristikasi, insonga ta’siri, muxofaza yo‘llarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Xayot faoliyat xavfsizligi fanini urganishda texnik, fizik-ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xujaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuklariga asoslanish zarur. Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi, sexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og‘ir ko‘p mehnatni mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong‘in havfsizligini ta’minlash va boshqa dolzarb muammolar o‘rganiladi. Shunday qilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha aktlar, ijtimoiy-iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga kobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi. Download 52.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling