«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Download 4.55 Mb.
bet1/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-kitob


«PAYVANDLASH» YO‘NALISHI BO‘YICHA O‘QUV AMALIYOTI QO‘LLANMASI



  1. MODULI RAQAMI: P.1.

  2. MAVZU: «O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yong‘in havfsizligi»

  3. MAQSAD: O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yong‘in havfsizligi bilan tanishtirish.

  4. O‘QUV SOATLARI: 6 soat

  5. MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

  6. MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR:

    • payvandlash ishlarini bajarishda shikastlanish turlari va sabablari;

    • shikastlanishning oldini oluvchi chora-tadbirlarni tarkibi;

    • elektrpayvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizligi;

    • issiqlik va yorug‘lik nurlaridan saqlanish choralari;

    • zararli chang va gazlar zaharlanishdan saqlanish choralari;

    • ish joyini shamollatish (havoni tozalash) usullari;

    • elektr va gaz payvandlash jihozlarini ishlatish qoidalari;

    • jamokor (maxsus kiyim) va ularni kiyib yurish qoidalari;

    • yong‘in chiqishining asosiy sabablari;

    • yong‘inning oldini olish chora tadbirlari;

    • yong‘inni o‘chirishda birlamchi vositalardan foydalanish qoidalari;

    • yong‘inni bartaraf (o‘chirish) etishda o‘zini tutish qoidalari;

    • yong‘in chiqqanda odamlarni ko‘chirish (evakuatsiya) rejalari.

VII. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Shikastlanish turlari. Eritib payvandlashda payvandchiga u yoki bu darajada havfli ta’sir qiluvchi quyidagi xolatlar mavjud:

    • insonning elektr zanjirni tok o‘tkazuvchi qismiga tegishi natijasida elektr toki ta’sirida shikastlanishi;

    • elektr yoki nurlardan ko‘z va terining ochiq yuzalarining shikastlanishi;

    • payvandlash jarayonida ajralib chiquvchi zararli gazlar, xonani changlar bilan ifloslanishi va har xil moddalar bug‘lanishidan zaharlanishi;

    • payvandlashda metal va shlak tomchilaridan kuyishi;

    • bosim ostidagi gaz ballonlaridan noto‘g‘ri foydalanganda, yonuvchan moddalar saqlangan idishlarni payvandlaganda hamda yonuvchan va portlashga moil moddalar yaqinida payvandlagandagi portlashlar;

    • payvandlashda erigan metal va shlaklardan yong‘inlar chiqishi;

    • og‘ir buyumlarni payvandlashga tayyorlash va payvandlash jarayonidagi har xil turdagi mexanik xarakterga ega bo‘lgan shikastlari;

    • Payvand choklarni gamma yoki rengen nurlari bilan nurlanishi.


Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling