«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Shaxsiy gigiyena qoidalari


Download 4.55 Mb.
bet5/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-kitob

Shaxsiy gigiyena qoidalari. (maxsus kiyim) jamokor butun – yaroqli holatda, cho‘ntak qopqoqlari tashqariga chiqarilgan, shim oyoq kiyim ustida bo‘lishi kerak. Cho‘ntak qopqoqlarini cho‘ntak ichiga, shimlarni etik ichiga tiqilsa, erigan metal cho‘g‘lari tushib kuyishi mumkin. Bosh kiyim soyabonsiz bo‘lish kerak, chunki soyabon muhofaza shitogini yoki maskani to‘g‘ri kiyishga halaqit beradi. Oyoq kiyim har doim tepasi yopiq va albatta iplari taqilgan bO‘lishi shart.
Tananing hamma qismi payvandlash yoyi nuridan yaxshi muhofazalangan bO‘lishi kerak.
Payvandlash jarayonida badanning hamma qismi ayniqsa ko‘z puxta himoyalanishi zarur.
Qo‘lqop, kurtka yengini zich yopib turish kerak. Payvanchi metal yuza ustida yotib yoki o‘tirib ishni bajarsa, tagiga rezina to‘shama solish kerak. Tizza va tirsaklarga kigizdan tikilgan tizzaband va tirsakband kiyish kerak. Nam joylarda payvandlashda rezina etik kiyilishi kerak.
Yong‘in xavfsizligi. Sexlarda yong‘inni kelib chiqishi sabablari qo‘yidagilar:

  • yengil yonuvchan modda va yonilg‘ilar;

  • suyultirilgan yonuvchi gazlar;

  • qattiq yonuvchi materiallar;

  • idish va apparatlardagi yonuvchan bosim ostidagi mahsulotlari;

  • ish jarayonida elektr uchquni chiqaruvchi elektr qurilmalar va boshqalar sabab bo‘ladi.

Yong‘inning oldini olish maqsadida quyidagilar:

  • yog‘, moy, benzin, kerosin va boshqa yonilg‘i izlari bor kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish;

  • yangi bo‘yalgan qurilmalarni, elektr toki mavjud bo‘lgan apparatlarni, va bosim ostidagi idishlarni, suyuq yonilg‘i saqlangan idishlarni maxsus tayyorgarlik ko‘rmasdan kesish va payvandlash man etiladi.

Yong‘inni o‘chirish vositalariga suv, ko‘pik, gazlar, bug‘, kukunsimon birikmalar va boshqalar kiradi.
Yong‘inni suv bilan o‘chirilayotganda maxsus o‘t o‘chirish qurilmalari, o‘t o‘chirish mashinalarida va o‘t o‘chirish shlanglari ishlatiladi. Bu qurilmalarga suv maxsus quvurlar orqali uzatiladi. Ko‘pchilik ishlab chiqarish va ma’muriy binolar ichida suv quvur tarmog‘iga ulangan o‘t o‘chirish kranlari mavjud.
Har bir payvandlash postida o‘t o‘chirgich, bochka yoki suv bilan chelak, hamda qum solingan sandiq va belkurak bo‘lishi kerak. Payvandlash ishlari tamomlangach ish joyi va atrofni tekshirish kerak.



Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling