«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Kasb-hunar kollejlarining «Payvandlash» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti uchun modul birliklari ro‘yhati


Download 4.55 Mb.
bet45/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
1-kitob

Kasb-hunar kollejlarining «Payvandlash» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti uchun modul birliklari ro‘yhati




XXXVIII.MODULLAR BIRLIKLARINING NOMI


SOATLAR MIQDORI

A. Qo‘lda yoy yordamida payvandlash.

I. Kirish mashg‘uloti.

P .1.

O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yong‘in havfsizligi.

6

P.2.

Korxonaga sayohat.

6




Jami

12

II. Elektr payvandlash jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari (tamoyillari).

P.3.

Payvandlash ishlarida ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalardan foydalanish.

6

P.4.

O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan ta’minlash manbalarini ishlatishni o‘rganish.

6

P.5.

Payvandlash postlarini yig‘ish va qismlarga ajratish.

6



XXXIX.Jami


18

III. Choklar pastki va qiyalik holatlarida yoy yordamida eritib valik hosil qilib qoplash va payvandlash.

P.6.

Har xil valiklarni eritib qoplash bo‘yicha mashqlar.

12

P.7.

Qiya yuza satxiga valiklarni har xil yo‘nalishlarda eritib qoplash (naplavka) mashqlari.

12

P.8.

Uchma-uch choklarni payvandlash mashqlari.

12

P.9.

Ustma-ust va burchak choklarni payavandlash mashqlari.

12

P.10.

450, 900 va 1350 burchak ostida yig‘ilgan po‘lat taxtalarni payvandlash.

12




Jami

60

IV. Payvand birikmalarni payvandlash texnikasi.

P.11.

Har xil yo‘nalishlarda vertikal yuzalarga valiklarni eritib qoplash.

12

P.12.

Har xil payvand birikma choklarini vertikal holatda payvandlash.

12

P.13.

Gorizontal choklarni payvandlash.

12

P.14.

Ship choklarni payvandlash.

12



XL.Jami


48

V. Uglerodli va legirlangan po‘latlarni payvandlash.

P.15.

Legirlangan po‘lat taxtalarni qoplamli elektrodlar bilan eritib qoplash va payvandlash.

6

P.16.

Uglerodli va legirlangan po‘latlarni suyuqlanmaydigan (erimaydigan) elektrodlar bilan muhofazalovchi gaz muhitida eritib qoplash va payvandlash mashqlari.

12



XLI.Jami


18

VI. Cho‘yanni payvandlash.

P.17.

Cho‘yanni sovuq holda payvandlash.

6

P.18.

Cho‘yanni qizdirib payvandlash.

6




Jami

12

VII. Rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlash.

P.19.

Alyumin, mis va latunni eritib qoplash mashqlari.

6

P.20.

Alyumin va uning qotishmalarini payvandlash.

6

P.21.

Mic va uning qotishmalarini payvandlash.

6



XLII.Jami


18

VIII. Qattiq qotishmalarni eritib qoplash.

P.22.

Metal yuzalarni qoplashga tayyorlash va qoplamli elektrodlar bilan eritib qoplash.

6

P.23.

Kukunsimon qattiq qotishmalarni eritib qoplash.

6

P.24.

Ko‘mir elektrod bilan eritib qoplash va qattiqlikni aniqlash.

6



XLIII.Jami


18

B. Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash.

XI. Poroshokli va o‘zini himoya qiluvchi simlar bilan payvandlash.

P.25.

Yarim avtomat jihozlarda payvandlash mashqlari.

12

P.26.

Uchma-uch birikmalarni yarim avtomatlarda payvandlash.

12

P.27.

Ustma-ust va tavr birikmalarni yarim avtomatda payvandlash mashqlari.

12

P.28.

Har xil turdagi choklarni avtomatlarda payvandlash.

12



XLIV.Jami


48

X. Muhofaza gazlar muhitida payvandlash.

P.29.

Avtomat va yarim avtomatlarni ishga tayyorlash.

6

P.30.

Avtomat yordamida to‘g‘ri chiziqli choklarni payvandlash.

6

P.31.

To‘g‘ri chiziqli choklarni yarim avtomatlar yordamida payvandlash.

6

P.32.

Halqasimon choklarni avtomatlarda payvandlash rejimini o‘rnatib payvandlash.

12

P.33.

Halqasimon choklarni payvandlash rejimini o‘rnatib yarim avtomatlarda payvandlash.

12

P.34.

Yarim avtomatlarda berilgan ish rejimini rostlash va nuqsonlarni aniqlash.

6




Jami

48

V. gaz yordamida payvandlash.

XI. Kirish mashg‘uloti.

P.35.

Atsetilen generatorini ishlashga tayyorlash.

6

P.36.

Payvandlash postini ishga tayyorlash mashqlari.

6

P.37.

Payvandlash gorelkasini ishlatish bo‘yicha mashqlar.

6




Jami

18

XII. Oz uglerodli po‘lat taxta choklarini pastki, gorizontal va vertikal holatlarda gaz yordamida eritib qoplash va payvandlash.

P.38.

Valiklarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda eritib qoplash mashqlari.

6

P.39.

Taxtalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari.

6

P.40.

Har xil qalinlikdagi taxtalarga payvandlash rejimini tanlash va valiklarni eritib qoplash.

6

P.41.

Taxtalar qirralarini kertmay ilintirish va payvandlash mashqlari.

6

P.42.

Taxtalar qirralarini kertib ilintirish va payvandlash mashqlari.

6

P.43.

Har xil fazoviy holatlarda valiklarni eritib qoplash va taxtalarni payvandlash.

6




Jami

36

XIII. Murakkab bo‘lmagan uzellarni (qismlarni) payvandlash.

P.44.

Detallarni payvandlashga tayyorlash mashqlari.

6

P.45.

Choklarni pastki holatda ilintirish va payvandlash mashqlari.

6

P.46.

Payvandlash rejimini tanlash va valiklarni eritib qoplash mashqlari.

6

P.47.

Rezervuar (idish)larni payvandlash mashqlari.

6

P.48.

Turli qutilarni payvandlash mashqlari.

6

P.49.

Quvurlarni yuzalarga biriktirib payvandlash mashqlari.

6



XLV.Jami


36

XIV. Ko‘p qatlamli eritib qoplash va payvandlash.

P.50.

Oz uglerodli po‘lat taxtalarda ko‘p qatlamli eritib qoplash mashqlari.

6

P.51.

Darz ketgan joylarni, teshiklarni payvandlash va yamash mashqlari.

6




Jami

12

XV. Metallarni kislorod yordamida kesish.

P.52.

Har xil qalinlikdagi po‘lat taxtalarni kislorod yordamida kesish mashqlari.

12



XLVI.Jami


12

XVI. Xalqasimon choklarni payvandlash.

P.53.

Har xil diametrdagi quvurlarni yig‘ish va burab turib payvandlash mashqlari.

6

P.54.

Har xil diametrdagi quvurlarni yig‘ish va buramasdan payvandlash mashqlari.

6




Jami

12

XVII. Legirlangan po‘latlarni payvandlash.

P.55.

Legirlangan po‘lat taxtalarda valiklarni eritib qoplash mashqlari.

6

P.56.

Legirlangan po‘lat taxta va quvurlarining turli fazoviy holatlardagi choklarini payvandlash mashqlari.

6



XLVII.Jami


12

XVIII. Cho‘yanni payvandlash.

P.57.

Cho‘yanni sovuqlayin payvandlash.

6

P.58.

Cho‘yanni qizdirib payvandlash.

6




Jami

12

XIX. Rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlash.

P.59.

Aluminiy va uning qotishmalarini payvandlash mashqlari.

6

P.60.

Mis va uning qotishmalarini payvandlash.

6




Jami

12

XX. Qattiq qotishmalar bilan eritib qoplash.

P.61.

Trubkasimon eritib qoplanuvchi materiallar bilan eritib qoplash mashqlari.

6

P.62.

Kukunsimon qattiq qotishmalar yordamida eritib qoplash mashqlari.

6



XLVIII.Jami


12

XXI. Nuqtali va relyefli payvandlash mashinalarida payvandlash.

P.63.

Nuqtali payvandlash mashinalarini boshqarish usullarini egallash bo‘yicha mashqlar.

6

P.64.

Har xil metallardan tayyorlangan taxtalarni (list) nuqtali payvandlash mashqlari.

6

P.65.

Detallarni relyef payvandlash mashqlari.

6



XLIX.Jami


18




HAMMASI

492



SO‘Z BOSHI

Kasb-hunar kollejlarida «Payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyotini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmasi, Osiyo taraqqiyot banki UZB-1737 «O‘zbekistonning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashuv» loyihasining doirasida ishlab chiqilgan.


Qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun foydalanishga mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanmani yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 30 avgustdagi 73 qarori bilan tasdiqlangan «Payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha tarmoq ta’lim standarti asos qilib olingan. Modullarni tuzishda bugungi kun o‘quv amaliyotida ishlatilayotgan o‘quv dasturidan foydalanildi va bu xujjatda keltirilgan barcha mavzular o‘quv qo‘llanmasidagi modullarda aksini topgan.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, ushbu o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qo‘llanilayotgan zamonaviy o‘quv adabiyotlari, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar va ilmiy-uslubiy materiallardan foydalanildi.
O‘quv qo‘llanmasi hammasi bo‘lib 65 ta o‘quv modullaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning 34 tasida yoy yordamida, 28 tasida gaz yordamida va 3 tasida nuqtali va relyef li mashinalarda payvandlash o‘quv amaliyoti darslarini o‘z ichiga olgan.
O‘quv moduli shakli o‘zining bir qator belgilari bo‘yicha o‘quv dasturni mavzularidan farq qiladi. O‘quv moduli – bu yaxlit, nisbatan mustaqil va mantiqiy yakunlangan ma’lumotli-uslubiy birlikdir. U aniq shaklga ega bo‘lib, o‘qitish jarayonini nazorat qilish va natijalarni baholash imkonini yaratadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi uar bir modul quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:

  1. Modul raqami;

  2. Modul nomi (mavzusi);

  3. Maqsad;

  4. Modulni o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdori;

  5. Modulni o‘rganish jarayonida egallanadigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati;

  6. Modulni o‘rganishda shakllanadigan nazariy bilimlar ro‘yxati;

  7. Modul mavzusi bo‘yicha asosiy nazariy ma’lumotlar;

  8. Modulni o‘rganishga kerakli bo‘lgan o‘quv-jihoz, asbob-uskuna va ashyolar;

  9. Modulni o‘rganish jarayonida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantiradigan mashqlarning texnologik ketma-ketligi;

  10. Modulni o‘rganish va darsni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar;

  11. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini baholash bo‘yicha test savollari;

  12. O‘quvchilarning modulni o‘zlashtirishini baholash mezonlari.

Taklif etilayotgan o‘quv qo‘llanmada, kollejning ustaxonalarida uquv amaliyotini zamonaviy jihoz va uskunadan foydalanilgan holda tashkil etish mo‘ljallangan.


O‘quv qo‘llanma quyidagi mutaxasislar tomonidan yaratildi:


A.A. Azimov – Toshkent sanoat kasb-hunar kollejining direktori, «Payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha maxsus fanlar o‘qituvchisi.
S.V. Sosin – Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kollejining o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
Z.G. Ganiyev – Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kollejining o‘quv ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
T.A. Stulovskaya – Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fanlar o‘qituvchisi.
Uslubiy rahbarlik va tahririy ishlar O‘MKHTM «Zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish» bo‘limi boshlig‘i A.X. Abdullayev va «Ta’lim standartlarini takomillashtirish va ilg‘or pedagogika texnologiyalarni joriy etish» bo‘limi bosh mutaxassisi B.N. Dekanbayev tomonidan amalga oshirildi.
Ishlab chiqilgan modullarni o‘rganib, ularga taqriz yozib berishda va sinovdan o‘tkazishda faol qatnashgan Chirchiq sanoat va Yangiobod radiotexnika kasb-hunar kollejlari mutaxassislariga ham samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
O‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalaringizni O‘MKXT markazining «Ta’lim standartlarini takomillashtirish va ilg‘or pedagogika texnologiyalarini joriy etish» bo‘limiga yuborishingizni so‘raymiz.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi 55, O‘MKXT markazi.


ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


QO’QON QURILISH VA IQTISODIYOT
KASB-HUNAR KOLLEJI


«PAYVANDLASH»

yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv




Q O‘ L L A N M A S I
1 – K I T O B
Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling