| Faoliyat turlari |
Muxandis-pedagog | O‘quvchilar |
1-bosqich. Kirish
(5 daqiqa).
|
Dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligini va baholash mezonlarini tushuntiradi.
|
Eshitishadi.
|
2-bosqich O‘quv materiallari bilan tanishtirish
(20 daqiqa).
|
Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini (7-bo‘limiga asosan) yoritadi va o‘quvchilar bilan yozma test o‘tkazadi (test kiritiladi).
|
Eshitishadi, kuzatishadi va testlar bilan ishlashadi.
|
3-bosqich Kirish yo‘riqnomasi (20 daqiqa).
|
Elektr va yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalarini eslatib o‘tadi. Ish joyini tashkil etishni tushuntiradi va namoyish etadi. Payvandlash rejimini tanlashni tushuntiradi va jihozda qanday o‘rnatilishini namoyish qiladi. 900 burchak ostida payvandlash ketma-ketligini namoyish etib tushuntiradi.
|
Eshitishadi va kuzatishadi.
|
4-bosqich
1-mashg‘ulot mashqni bajarish
(180 daqiqa)
1-mashq
(90 daqiqa)
2-mashq
(90 daqiqa).
|
Tekshirish maqsadida ish joylarini aylanib chiqadi:
1. Ish joyini xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda tashkil etilishi;
2. Taxtalarni payvandalashga tayyorlash;
3. Payvandlash rejimini o‘rnatish;
4. Taxtani 900 burchak ostida o‘rnatish va ilintirish;
5. Taxtalarni payvandlash;
6. Payvand choklarni tozalash;
7. Bajargan ishlar sifati. Ish jarayonida xarakterli xatolarga yo‘l qo‘yilsa-joriy ko‘rsatma (instruktaj) berish kerak.
|
1. Ish joyini ishga tayyorlash.
2. Metallni payvandlashga tayyorlash (tozalash).
3. Payvandlash rejimini tanlash va jihozda o‘rnatish.
4. Taxta 900 burchak ostida o‘rnatish va ilintirish.
5. Taxtani payvandlash.
6. Payvand chokni tozalash va sifatini vizual nazorat qilish.
|
5-bosqich Yakuniy yo‘riqnoma (ko‘rsatma)
(45 daqiqa)
|
O‘quvchilar bajarilgan ishlarni qabul qiladi va baholaydi. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasaydi. O‘quvchilarga mashg‘ulot davomida qo‘yilgan xatolarini ko‘rsatib o‘tadi va yakuniy baholarni e’lon qiladi. Keyingi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va uyga vazifa beradi.
|
Bajargan ishlarni topshirishadi. Mashg‘ulot yakunini tinglashadi va uyga vazifani yozib olishadi.
|