«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


XXX.O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR


Download 4.55 Mb.
bet38/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Bog'liq
1-kitob





XXX.O‘QUV AMALIYOTINI O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR.


1-mashg‘ulot

Texnologik bosqichlar

Faoliyat turlari

Muxandis-pedagog

O‘quvchilar


1-bosqich. Kirish
(5 daqiqa)

Dars mavzusi va maqsadini e’lon qiladi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligini va baholash mezonlarini tushuntiradi.

Eshitishadi.

2-bosqich O‘quv materiallari bilan tanishtirish
(20 daqiqa)

Mazkur mavzu bo‘yicha o‘quv materiallarini yoritadi va o‘quvchilar bilan yozma test o‘tkazadi (test kiritiladi).

Eshitishadi, kuzatishadi va testlar bilan ishlashadi.

3-bosqich Kirish yo‘riqnomasi (20 daqiqa)

Elektr va yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalarini eslatib o‘tadi. Ish joyini tashkil etishni tushuntiradi va namoyish etadi. Payvandlash rejimini tanlashni tushuntiradi va jihozda qanday o‘rnatilishini namoyish qiladi. Payvandlash texnologiyasini, po‘lat taxtadagi payvand choklari namunalarini ko‘rsatib tushuntiradi va o‘zi bajarib ko‘rsatadi.

Eshitishadi va kuzatishadi.

4-bosqich
1-mashg‘ulot
180 daqiqa
1-mashq
180 daqiqa

Ish joylarini quyidagi maqsadlarda tekshirib chiqadi:
1. Ish joyining xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda tashkil etilish.
2. Metalni payvandlashga tayyorlash.
3. Payvandlash rejimini tanlash va o‘rnatish.
4. Po‘lat taxtalarni to‘g‘ri o‘rnitish, ilintirish choklari (prixvatka) va pastki holatda normal, kuchsizlashtirilgan, kuchaytirilgan va uzuq-uzuq choklar bilan ustma-ust payvandlash.
5. O‘quvchilarga bajarayotgan ishlardagi harakterli xatolar aniqlansa joriy yo‘riqnoma o‘tkazish. Bajarilgan ish sifatini tekshirish.

1. Ish joyini xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda tashkil etishadi.
2. Metalni payvandlashga tayyorlashadi (tozalashadi).
3. Payvandlash rejimini tanlaydi va o‘rnatadi.
4. Po‘lat taxtalarni to‘g‘ri o‘rnatib, ilintirish choklari (prixvatka) va pastki holatda normal, kuchsizlashtirilgan, kuchaytirilgan va uzuq-uzuq choklar bilan ustmaust payvandlashadi.
5. Payvand chokni tozalaydi va vizual (ko‘z bilan) tekshirishadi.

5-bosqich Yakuniy yo‘riqnoma (ko‘rsatma)
(45 daqiqa)

O‘quvchilar bajarilgan ishlarni qabul qiladi va baholaydi. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasaydi. O‘quvchilarga mashg‘ulot davomida qo‘yilgan xatolarini ko‘rsatib o‘tadi va yakuniy baholarni e’lon qiladi. Keyingi mashg‘ulot mavzusini va nazariyadan qaytarish uchun vazifalar beradi.

Bajargan ishlarni topshirishadi. Mashg‘ulot yakunini tinglashadi va uyga vazifa yozib olishadi.


2-mashg‘ulot



Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling