PAYVANDLASH YO‘NALISHI BO‘YICHA O‘QUV AMALIYOTI QO‘LLANMASI
XXIV.MODUL RAQAMI: P.9. XXV.MAVZU: «Ustma-ust va burchak choklarni payavandlash mashqlari»
III. MAQSAD: O‘quvchilarga ustma-ust va burchak choklarni payavandlashga o‘rgatish.
XXVI.O‘QUV SOATLARI: 12 soat
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR:
ish joyini tashkil etish qoidalari;
xavfsizlik texnikasi qoidalari;
payvandlash uchun detallarni yig‘ish va yig‘ish moslamalaridan foydalanish;
payvandlash rejimini tanlash qoidalari;
ustma-ust choklarni bajarish usullari;
burchak choklarni payvandlash.
XXVII.MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Burchak choklarni qiya elektrod bilan bajarganda (1-rasm, a) erigan metall gravitatsiya kuchi ta’siri ostida pastki tekislikga oqishga harakat qiladi. Shuning uchun bunday choklarni «qayiqsimon » usulda bajarish yaxshiroq (1-rasm, b). Bunda elektrod qobig‘i bilan payvandlangan jism qirralariga suyanib turadi. Qalinligi 14 mm gacha bo‘lgan metal taxtalarni «qayiqsimon» usul bilan payvandlashda qirralari qisman tayyorlanib va ularning o‘tmaslashtirish o‘lchamini oshirib payvandlanadi. Payvandlanayotgan jismlar orasidagi masofa taxtaning qalinligining 10% idan oshmasligi kerak. Lekin har doim ham payvandlanayotgan jismni «qayiqsimon» usulda joylashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda burchak choklarini qiya elektrod bilan bajariladi. Bunda chok ildizi va pastki metall taxtaning qirralari payvandlanmay qolishi mumkin. Payvandlanayotgan jismlar qirralarini puxta qizdirish uchun elektrod bilan to‘g‘ri harakat qilinsa maqsadga erishiladi. Ya’ni elektrodni metall taxta satxiga nisbatan 450 burchak ostida ushlab, uchburchak shaklida to‘xtamay ko‘ndalng tebranma harakat qilish, yoki chok ildizida ushlanib payvandlanishi kerak. Payvandlash jarayonida elektrodni goho metall satxining bir tomoniga, goho ikkinchi tomoniga qiyalash kerak. Kateti 10 mm gacha bo‘lgan burchak choklarni pastki holatda diametri 5 mm gacha elektrod bilan bir qatlamda payvandlanadi. Kateti 10 mm dan yuqori burchak choklari qirralarini tayyorlamay bir qatlami bilan bajariladi, lekin elektrod uchburchak shaklida ko‘ngdalang harakat qiladi. Burchak choklari qirralarini bir yoki ikki tomonlama tayyorlash juda muhim jismlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |