«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Burchak va tavrli birikmalarini ilintirish choklarini qo‘yish va detallarni yig‘ish haqida


Download 4.55 Mb.
bet35/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
1-kitob

Burchak va tavrli birikmalarini ilintirish choklarini qo‘yish va detallarni yig‘ish haqida. Tavrli birikmalarda qirralar devorida (5050) burchak ostida qiya kesiladi. Devori 4 mm qalinlikdagi tavrda qirrasi qiya kesilib bir qatlam bilan payvandlanadi, qalinligi kattaroq bo‘lganda bir necha qatlam va bir necha o‘tishda bajariladi. Odatda tavrli choklarni qiya elektrod bilan ko‘p qatlamli payvandlashda devor va tokchadagi katetlar bir xil chiqmaydi. Shuning uchun payvandlanayotgan jismlarni loyihalashda burchak choklarning katetlarini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi.




1-Rasm.
1-Rasm. Burchak choklarni bajarishdagi elektrod xolati va harakati


2-Rasm.
2-Rasm. Burchak choklar kesimi:
a) kuchaytirilgan chok; b) normal chok; c) kuchsizlashtirilgan chok; d) chok kesimining o‘lchami, K-chok kateti.

XXVIII.KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR:


  1. payvandlash transformatori;

  2. mahalliy ventelyatsiya (havo almashtirish);

  3. mahalliy yoritgich;

  4. payvandchi stoli;

  5. dielektrik gilamcha;

  6. payvandlash kabellari va simlari;

  7. muhofazalovchi shchitok va niqoblar (maska);

  8. elektrod tutqich;

  9. payvandchining jamokori;

  10. asbob-uskunalar (metall cho‘tka, shlak ajratuvchi bolg‘a, elektrodlar uchun g‘ilof (penal) yig‘ish uchun moslamalar asboblarni saqlash uchun sandiqcha);

  11. plakatlar (multimedia vositalari);

  12. tayyor mahsulotlar namunasi;

  13. E-42 yoki E-46 tipidagi 3-5 mm diametrli elektrod har bir o‘quvchiga 16 donadan;

  14. oz uglerodli 150x100x6 mm o‘lchamli po‘lat taxtalari - har bir o‘quvchiga 16 donadan.



XXIX.TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI.


1-mashg‘ulot uchun texnologik xarita (6 soat)


Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling