«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi
-rasm. Qo‘lda payvandlash uchun payvandlash posti
Download 4.55 Mb.
|
1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘siqlar (shchitok), niqoblar (maska) va yorug‘lik filtrlari. To‘siq va niqoblar
- 2-rasm. Shchitok (a) va maska (b)
- Elektrod tutqich.
- Payvandlash simlari va kabellar.
- Payvandchining maxsus kiyimi (jamokori).
- Payvandchining asbob uskunalari.
Yorug‘lik filtrlarini erigan metall parchalarini sachrashidan asrash uchun ustidan oddiy shisha bilan yopiladi. Montaj (yig‘ish) ishlarini bajarishda yaxshi kaska-niqob ishlatish kerak, chunki u yuqoridan tushishi mumkin bo‘lgan narsalardan va yozda uam qishda uam ishlashga qulay. Elektrod tutqich. Elektrod tutqichi quyidagi talablarga javob berishi kerak: ishlatishda yengil (0,5 kg dan yuqori emas) va qulay bo‘lishi; ishonchli izolatsiyaga ega bo‘lishi; ish jaranayonida qizimasligi va elektrodning to‘liq erishini ta’minlashi; payvandlashga qulay bo‘lgan uolatlarda tez va ishonchli qilib elektrodni qotirishi; Elektrodni o‘rnatishda va yechishda katta kuch ishlatmasdan ish bajarishi; Payvand simini tutqich o‘qiga (sterjeniga) maxkam qotirilishi va ishonchli ulanishini (kontakt) uosil qilish. Elektrod tutqichlar uchta turda ishlab chiqiladi: I-tok kuchi 125 A gacha bo‘lganda, payvand simining ko‘ndalang kesimi 25 mm2; II-tok kuchi 315 A gacha bo‘lganda, payvand simining ko‘ndalang kesimi 50 mm2; III-500 A gacha bo‘lganda, payvand simining ko‘ndalang kesimi 75 mm2 gacha bo‘ladi. Payvandlash simlari va kabellar. Ta’minlash manbaidan elektrod tutqichga va payvandlanayotgan buyumga tokni ulash uchun kabel va simlar ishlatiladi. Elektrod tutqichlari yechiluvchan mis tolali kabellariga ulanadi. Mexanik kuchlar ta’siri kam bo‘lgan joylarda alyumin tolali kabellarini ishlatish mumkin. Elektrod tutqichga ulanadigan kabel uzunligi 2-3 metr bo‘lib, elektr ta’minlash manbaigacha qolgan uzunligida misli (KRPT, KRPG) va alyumin (AKRPT, AKRPTN) kabellar ishlatiladi. Uar xil turdagi kabellar bir-biriga mufta orqali, misli uchlik (poynak) va boltlar uamda kavsharlash orqali ulanadi. Kabelni ishlatishda uzunligini 30 metrdan oshirmasligi tavsiya etiladi, chunki payvand zanjirda kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Tok uzatuvchi simlarni qo‘lbola simlar va metall parchalari yordamida uzaytirib ulash qat’iyan man qilinadi. Payvandchining maxsus kiyimi (jamokori). Payvandchining maxsus kiyimi quyidagi talabga javob berishi kerak (tikiladigan mato): -matoning tashqarisi yong‘inga va issiqlikka chidamli; -matoning ichkarisi (astari) nam yutuvchi. Shu talablardan kelib chiqqan uolda payvandchiga kurtka va shim brezent, movut, zamsha (baxmalsimon charm)dan, ayrim xollarda bir nechasidan (kombinatsiyalashgan) qo‘shib tikiladi. Shim oyoq kiyimi ustidan kiyiladi va oyoqni erigan metall parchalari sachrashidan va elektrod qoldiqlari orqali kuyishidan muxofaza qilinadi. Uamma payvandchilar brezent qo‘lqopdan foydalanishlari kerak. Yopiq idishlar (qozon, sig‘im, rezervuar va boshqalar) ichida payvand ishlari olib borganda, rezina gilamcha, kalish, tirsakband, tizzaband va yog‘och to‘shamalardan foydalanishi kerak. Payvandchining asbob uskunalari. Payvandchining asbob uskunalariga qo‘yidagilar kiradi: -payvandlash oldidan qirralarni tozalash uchun metall cho‘tka; shlak qobig‘ini olib tashlash uchun shlak tozalovchi bolg‘a, zubilo, payvand choklarining o‘lchamlarini tekshirish uchun maxsus andazalar to‘plami, metall chizg‘ich, burchak, chizg‘ich va elektrodlarni saqlash va tashish uchun-panel, asbob uskunalar uchun quti bo‘lishi kerak. Download 4.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling