«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


Payvandlash postini yig‘ish va qismlarga ajratish


Download 4.55 Mb.
bet11/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
1-kitob

Payvandlash postini yig‘ish va qismlarga ajratish.

1-rasm. Qo‘lda yoy yordamida payvandlash postining elektr va yig‘ish chizmasi.
a,b-o‘zgaruvchan tokda (ye-katushkalar orasidagi o‘zgaruvchan masofa qiymati);
c,d-o‘zgarmas tokda.
Payvandlash ishlari texnologik jarayonga qarab (payvandlanayotgan metal markasi va elektrod qoplami turiga) o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokda bajariladi. O‘zgarmas tokning o‘zgaruvchan tokdan avfzalligi – payvandlash yoyining ravon yonishi, hamda payvandlash jarayonini kichik miqdordagi toklarda olib borishni osonlashtirishi.
Payvandlash postlarini o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlash maxsus transformator orqali va o‘zgarmas tok bilan esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichlar orqali bajariladi.
1-rasm: a) da o‘zgaruvchan tokda qo‘lda yoy yordamida payvandlash postining prinsipial elektr chizmasi ko‘rsatilgan (TS-turdagi transformator orqali). 1-rasm: b) da mazkur postning umumiy ko‘rinishi berilgan. 220 yoki 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmog‘i 1 rubilnik 2 va saqlagich (predoxranitel) 3 orqali ta’minlash manbai transformator 4 ga uzatiladi, u yerda tok yoyni uyg‘otishi uchun yetarli bo‘lgan 60-75 V kuchlanishgacha transformatsiyalanadi va payvand simlari 5 orqali qisqich 6 va elektrod tutqich 7 orqali payvandlanayotgan buyum 8 ga ulanadi.
1-rasm: v) da o‘zgarmas tokda qo‘lda yoy yordamida payvandlash postining prinsipial elektr chizmasi ko‘rsatilgan, 1-rasm: g) da esa postning umumiy ko‘rinishi berilgan. Bu misolda tok 220 yoki 380 V kuchlanishli tarmoqdan asinxron elektr dvigateli va payvandlash generatoridan tashkil topgan o‘zgartirgichga yo‘naltiriladi. Ular o‘zaro umumiy val yoki to‘g‘rilagich orqali ulangan. Bunday o‘zgartirgichlar 25-75 V miqdorida o‘zgarmas payvandlash toki ishlab chiqaradi.
Bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab payvandlash postlarining ta’minlash manbalarini joylashtirilishi markaziy (guruhli) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin. Ta’minlash manbalarini elektr payvandchining ish joyidan minimal masofada o‘rnatishi kerak.

2-rasm. Payvandlash kabinalari turi (tipi)
a) statsionar (ko‘chmas)-mahalliy havoni so‘rib almashtirish bilan ta’minlangan,
1- so‘ruvchi ventilatsiyaning havo yo‘li(vozduxovod), 2-shiber, 3-stul, 4-stol,
5-brezent to‘siq.



Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling