Xavflar identifikatsiyasi.
Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identifikatsiyasida har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavflarni identifikatsiya qilishda xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi nima?
HFX fanining qanday vazifalari mavjud?
HFX fanining qanday asosiy tushunchalarini bilasiz?
Mehnatni muhofaza qilish nima?
Favqulodda vaziyat nima?
Xavflarning turlari qanday tasniflanadi? Misollar keltiring.
Xavflarni o‘rganish tartibi qanday?
Hayot faoliyati xavfsizligi faninig tarkibiy qismlari?
Hayot faoliyati xavfsizligi faninig tekshirish obyektlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |