1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


-modda. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash


Download 1.6 Mb.
bet110/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

27-modda. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan bo‘linmalarda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operatsiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


VI. TERRORChILIK FAOLIYATIDA IShTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARShI KURASh TO‘G‘RISIDAGI QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo‘linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga o‘tkaziladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling