1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik


Download 1.6 Mb.
bet108/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik
Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishini qiyinlashtirib qo‘yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga xavfni keltirib chiqaradigan;
terrorchilikni targ‘ib qilishga yoki oqlashga ko‘maklashadigan;
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotganda bo‘linmalarning xodimlari to‘g‘risidagi, shuningdek uni o‘tkazishga ko‘maklashayotgan shaxslar to‘g‘risidagi.
21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi
Terrorchilik harakatiga chek qo‘yilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga bo‘lgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operatsiya tugallangan hisoblanadi.
IV. TERRORChILIK HARAKATI OQIBATIDA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASh VA JABRLANGAN ShAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYASI
22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida o‘tkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat bo‘ladi.
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling