13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘i xavfsizligini, mamlakat ma’muriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim harbiy va boshqa obyektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
o‘z tasarrufidagi harbiy obyektlarning qo‘riqlanishi va mudofaa qilinishini amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
141-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
III. TERRORChILIKKA QARShI OPERATSIYANING O‘TKAZILIShI
Do'stlaringiz bilan baham: |