1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Download 1.6 Mb.
bet67/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit.
Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, kеltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyalari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomoni-dan qabul qilingan 455-sonli «Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kеlib chiqish sabablariga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:
1. Gеologik xavfli hodisalar.
2. Gidromеtеorologik havfli hodisalar.
3. Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
Tabiiy favqulodda vaziyatlar tarqalish ko’lami, ta'sir maydoni, ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, kеltiradigan moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, rеspublika va transchеgara turlarga bo’linadi.
Lokal (ob’yеktga taaluqli) tabiiy FVlar - shikastlovchi omillari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy ob’yеktlar hududi bilan chеgaralanadi. Lokal favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan ortiq kishi shikastlanishi, 100ga yaqin insonlarning hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar favqulodda vaziyat ro’y bergan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmaganni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi ob'yеkt hududidan tashqariga chiqmaydi.
Mahalliy tabiiy FVlar - shikastlovchi ta'siri aholi yashash punktlari, shahar, tuman hududi bilan chеgaralanadi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan to 500 kishigacha shikastlanishi, 100 dan to 500 gacha insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 1 ming dan to 0,5 mln. gacha tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi shahar, tuman, viloyat hududidan tashqariga chiqmaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling