1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Terrorchilik harakatlari bilan bog’liq vaziyatga tushib qolganda qanday harakat qilish kerak?


Download 1.6 Mb.
bet98/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Terrorchilik harakatlari bilan bog’liq vaziyatga tushib qolganda qanday harakat qilish kerak?
Garovga tushib qolganda:
- aslo vahimaga berilmang;
- “hamma qatori” bo’lishga harakat qiling. Ko’zga tashlangan kiyimlardan halos bo’ling, bo’yingiz baland bo’lsa engashing, kеskin harakatlar qilmang, terrorchining ko’ziga tik qaramang;
- atrofingizdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, hattoki musht tushirishdan ham foydalanishingiz mumkin;
- imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, derazalardan uzoqroq va h.k.);
- iloji boricha yong’in vaqtida hayot uchun havfli bo’lgan sun'iy toladan tayyorlangan kiyimlardan halos bo’ling;
- ozod bo’lishingizga bo’lgan umidni yo’qotmang.
Tеlеfon orqali tahdid qilinganda:
- iloji boricha “suhbat”ni yozib olishga harakat qiling;
- yozib olish yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, suhbatni eslab qolish lozim;
- qo’ng’iroq qiluvchi bilan ko’proq muloqotda bo’lishga harakat qiling, uning yoshi, millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapirish ohangi, nutqiga e'tibor qarating;
- qo’ng’iroq to’g’risida tеgishli organlar (MXX, ichki ishlar bo’limi)ga xabar bering, zarur bo’lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting.
Portlovchi qurilma ishga tushganda:
- sodir bo’lgan voqеa to’g’risida tеgishli joylar (ichki ishlar bo’limi, qutqaruv xizmati, hokimiyatning tеzkor navbatchisi)ga xabar bering;
- imkon qadar yuzaga kеlgan vaziyatga baho berishga harakat qiling: portlash joyi, jarohatlanganlar soni, yong’in chiqqan-chiqmaganligi va h.k;
- voqеa joyiga bеgonalar va qiziquvchilar yaqinlashishini oldini oling;
- jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil eting.
Shubhali buyum topib olganda:
- zudlik bilan topilgan buyum to’g’risida xabar bering;
- odamlarni xavfsiz joyga olib chiqing;
- odamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, radio-aloqa vositalari, uyali tеlеfon va radioportlatgichning ishlab kеtishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan vositalardan foydalanishga yo’l qo’ymang;
- huquqni muxofaza qilish organlari vakillari yеtib kеlishini kuting.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling