1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Download 1.6 Mb.
bet113/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash jihatidan havfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik


darajasi ularning alanga olish haroratiga va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi.
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400°C gacha, portlaganda esa 2000°C gacha ko'tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug'larning portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to'g'ri tashkil qilish uchun ularning havo bo'yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo'yicha zichligi birdan kichik bo'lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo'lgan gazlar esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o'ralar, handaqlarda to'planadi.
Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari. Yonug'chi ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo'luvchi issiqlik manbalari o'zlarining issiqlik jamg'armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko'ra turli tuman bo'lsa-da ammo ularning barchasi qandaydir energiya yoki kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki ortishi yutilishining natijasidir.
Kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishi. Ochiq alanga, cho'g'langan yonish mahsulotlari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan kimyoviy reaktsiyalar alanga olish manbai bo'lishi mumkin.
Turli xil gorelkalar, kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida va gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt yoki zajigalka ochiq alanga olish manbayi bo'lishi mumkin. Ochiq alanga manbaining va issiqlik energiyasi jamg'armasining harorati deyarli hamma yonuvchi moddalar va har qanday gaz-havo hamda bug'-havo aralashmalarining alanga olishi uchun etarlidir.
Foydalanish uchun adаbiyotlаr
2. O’zbekiston Respublikasi Qonuni “Yong’in xavfsizligi” to’g’risida, O’RQ 226-son, 30.09.2009
3. O’zbеkistоn Rеspublikаsini Mеhnаt kоdеksi Tоshkеnt, 1996 y.
4. O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Mеhnаtni muhоfаzа qilish to’g’risidа”gi Qоnuni Tоshkеnt, 1993 y.
5. Tursunov Sh.Ch, Butayarov A.T., Yodgorov K.A.. “Hayot faoliyati xavfsizligi” Darslik, T-2022 y. 250 b
6. Yuldashev O.R., Nurmamatova R.R. “Mehnat muhofazasi” darslik T-2019, B-428.
7. Aliyev O.T., Tursunov Z.Sh. “Hayot faoliyati xavfsizligi” darslik T-2022, B-280.
8. Hasanova O.T., Zayniddinov V.V. “Hayot faoliyati xavfsizligi” T-2020, B-482.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling