Xavfsizlik choralari;
Texnikaviy menejment mehmonxona moddiy-texnikaviy va tehnologik bazasining ko‘ngildagidek qo‘llanilishi va mehmonlarga texnikaviy komfort sharoit bilan ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun mehmonxona moddiy-texnikaviy va tehnologik bazasini saqlash; ularning talab darajasidagi ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlash, iqtisodiy resurslarni tejash; xodimlarning mehmonxona moddiy-texnik bazasi (xo‘jaligi)ga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini engillashtish; bu borada mehmonxona binosi, inshooti, texnikaviy sistemasi, hududidan samarali foydalanish, texnikaviy vositalarni modernizatsiyasini oshirish, uning ishga innovatsion texnika-texnologiyalarni tadbiq etish lozim bo‘ladi.
5.Mavzu: Joylashtirish vositalaridagi ish sharoitining xavfsizlik xususiyatlari
Reja:
Yong‘in xavfsizligi.
Elektr xavfsizligi.
Favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Yong‘in xavfsizligi.
Yong‘in mehmonxonaga katta moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat judda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib kulga aylanadi.Yong‘in vaqtida ajralib chiqadigan zararli gazlar havonizaharlaydi, kishilarni jarohatlanishiga hatto o‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun boshqa korxonalarsingari mehmonxonalarda yong‘in xavfsizligi uchun bajariladigan tadbirlar muhim rol o‘ynaydi.
Ichki turizmda mehmonxona va tur komplekslarda yong‘in chiqishi sababi, ko‘pincha: olov bilan ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, elektrotarmoqlari, elektr jihozlarning nosozligi, restorandagi issiqlik ushlovchilarning o‘z vaqtida tozalanmasligi, ekspluatatsiya texnologik jarayonlarining buzilishi, ta’mirlash va boshqa ishlarda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik hisoblanadi.
Shu bilan birga nomerlardagi televizorlar yoritish uskunalari va chiqishholatlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bularning oldini olish uchun turli profilaktik ishlarnitashkil etishkerak bo‘ladi. Avvalambor, ishlab chiqarish intizomini ko‘tarish, yong‘inga qarshi qattiq rejimni o‘rnatish, har bir hodisani chuqur o‘rganish, xabarini berish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |