1-mavzu: hozirgi davr pedagog tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi. Reja


Pedagog-tarbiyachining kommunikativ qobiliyati, kreativligi,kasbiy


Download 29.38 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi29.38 Kb.
#1460636
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-МАВЗУ

Pedagog-tarbiyachining kommunikativ qobiliyati, kreativligi,kasbiy
Kompitensiyasi
Kommunikativ qobiliyat- bu pedagogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatlilikdir. Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi: 1) insonning insonni tushuna olishi, 2) insonni o'z-o'zini anglay olishi, 3) muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olish ko'nikmasi.
Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarni o'rganish pedagogik ta'sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko'rsatadi.
O'qituvchining har qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi, oqibat natijada o'quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta'sir ko'rsatishga ya'ni o'quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, hatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo'nalgan bo'ladi.
Tarbiyachi pedagogik bilimdonlik, kreativlik, refleksiyaga ega bo'lish bilan birga pedagogik madaniyatni ham o'zlashtira olishi zarur. Pedagogik madaniyat kasbiy nuqtayi nazardan pedagogic faoliyatni olib boruvchi mutaxassis umumiy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. ta'lim va tarbiyada o'qituvchidagi pedagogik qobiliyat va kommunikativlik qobiliyati muhim o'rin egallaydi. Bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o'ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o'z to'g'ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo'lmog'I lozim. O'quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga uning o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri boshqara olishiga va o'quvchilar bilan o'rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog'liq.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar,kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda,izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling