1-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari Iqtisodiyot


-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo'llari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana17.02.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1208479
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan mustaqil ish

9-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo'llari 
 
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol 
o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa 
korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) 
davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni 
oladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul 
qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish 
xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga 
asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi: 
Ishlab chiqarish xarajatlari: 
 – mahsulot tannarxi: 
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari: 

mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan 
materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar
mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k); 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar

tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k); 

energiya va yoqilg’ining hamma turlari; 

materiallarning tabiiy kamayishi. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar: 

bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; 

qo’shimcha to’lovlar; 

ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar. 
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: 

ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar; 

nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy 
to’lovlar. 
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi: 

asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar: 

ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar; 

ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash; 

asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari

o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar; 

ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi. 



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling