1-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari Iqtisodiyot


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana17.02.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1208479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan mustaqil ish

-davr xarajatlari: 
Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar: 

tovarlarni tashish xarajatlari

savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari; 
Ma’muriy xarajatlar: 

boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari; 

ularga sug’urta ajratmalari; 

xizmat avtomobillarini asrash; 

boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi 
va h.k. 

boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi

xizmat safari xarajatlari. 
Boshqa operasion xarajatlar: 

kadrlar tayyorlash; 

qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish; 

maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati 
to’lovlari va h.k. 
-moliyaviy faoliyat xarajatlari: 

banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar; 

uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; 

valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar; 

korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish 
xarajatlari. 
-favqulodda zararlar: 

bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga 
tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular 
har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy 
hisoblar tizimiga mos keladi. 
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu 
xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. 
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik 
xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. 
Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot 
hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan 
bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot 
tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir 


natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, 
xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, 
asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning 
kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. 
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, 
ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha 
mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush 
darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1. Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi); 
2. Yordamchi va boshqa materiallar; 
3. Yoqilgi; 
4. Energiya; 
5. Asosiy va qo’shimcha ish haqi; 
6. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 
7. Asosiy fondlar amortizasiyasi; 
8. Boshqa pul xarajatlari. 
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar 
kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul 
xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish 
uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga 
yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va 
boshqa shu kabi xarajatlar). 
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha 
klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik 
mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi 
xarajatlar klassifikasiyalanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab 
asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot 
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik 
jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar 
ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi. 
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli 
doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi 
o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, 
energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot 
hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining 


ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib 
keladi. 
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar 
bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar 
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar). 
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda 
qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda 
taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab 
chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan 
korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri 
o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir. 
Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab 
chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham 
lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling