1-mavzu: Hozirgi zamonning ekologik muammolari faniga kirish. Reja
Download 51.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1 hozir mav
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-MAVZU: Hozirgi zamonning ekologik muammolari faniga kirish. REJA: 1. Ilmiy texnik revolyutsiyasi va global ekologik inqirozlar. 2. Fan-texnika inqilobining jamiyat va tabiatning, inson va atrof muhitning o‘zaro munosabatiga ta’siri. 3. XX – asrning tabiatga qoldirgan asoratlari. Tayanch iboralar: biosfera, ekologiya, tabiat, jamiyat, inson ekologiyasi, muhit, atrof muhit, tirik organizm. Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o`zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta`kidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda, insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog`liq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Fan texnika inqilobi jamiat va tabiatning o’zaro munosabatida sifat jixatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy boyliklarni o’zlashtirish g’oyat zarurligi sayyoramizdagi mavjud resurslardan misli ko’rilmagamn darajada foydalanish bilan tavsiflanadi. Fan texnika inqilobi ilgari ma’lum bo’lmagan texnik va txnologik vositalarni yuzaga keltirdi. Inson fan va texnika inqilobi natijasida tabiatga munosabat borasidagi erkinlikda yangi bosqichga ko'tarildi, natijada u o'ziga ilgari buysunmagan ko^pgina kuchlarni jilovlab oldi. Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarga hozirgi zamonning ekologik muammolari mavzularini chuqur o‘rganish va ularning nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarini, insonlarning tabiatga ta’sirining hozirgi holati,bugungi kundagi ilmiy-texnik revolyusiyasi va global ekologik inqirozlarning sabablarini o‘rgatish xamda tabiatni muhofaza qilishga doir bilimlarni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanni o‘qitishning vazifalari - hozirgi zamonning ekologik inqirozi, mahalliy salbiy ekologik oqibatlari, iqlim o‘zgarishi, potensial ekologik xavflar,tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi, ekologik muammolarning nazariy asoslarini qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat Jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy anglash, insonni ijtimoiy fenomen sifatida ko‘rsatish uning tarakkiyotini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi. Jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlar jarayonida yaratgan ijtimoiy va ruhiy muxitlar ta’siri ijtimoiy-ekologik ekotizim deyiladi. Ushbu ilm tarmog‘i qaysi ob’ektiv borliqni va uning kaysi jabxasini o‘rganishni, bundan maqsadi nima ekanligini hamda shu sohada doimo hukm suruvchi konuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini anglashga ko‘maklashadi. Odamzot bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy va ruhiy mohiyatini saqlab qolish zarur. Chunki biosferaning tarkibiy qismi bo‘lgan, tirik mavjudotlarning oliy shakli hisoblangan inson bir paytning o‘zida xam tabiiy muhitda, xam ijtimoiy va ruhiy muxitlarda yashaydi. Shu boisdan u biologik ijtimoiy va ruxshunoslik qonuniyatlari buyicha rivojlanib boradi xamda ularning doimiy o‘zaro ta’siri ostida bo‘ladi. Har bir davlatning ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan insonlar xayot-mamotining ijtimoiy muxiti «makroijtimoiy muxit» deyiladi. « Tabiat inson uchun yagona makon, u odamni turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak uy-joy va boshqa zaruriy buyumlar bilan ta’minlaydi. Aholining ekologik ongi tabiat muxofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi. Aholining barcha tabakalari – bog‘cha yoshidagi yosh bolalardan tortib, muysafid otaxon va onaxonlargacha atrof-muhitga yakdil, ijobiy fikrda bo‘lishlari, unga ziyon-zahmat yetkazmaslik ruxida tarbiyalanishlari keraq Mamlakatimiz ziyolilari - tarbiyachi, uqituvchi, ommaviy axborot vositalari xizmatchilarining bugungi birdan bir vazifasi - jamiyatimiz ijtimoiy va ruxiy muhitlari tozaligini saqlash va aholiga ekologiya ma’naviyati asoslarini urgatib borishdan iborat. Shunday kilib, inson yashab turgan muxitni barkaror vaziyatda asrash, uning bioijtimoiy tadrijiy rivojlanish jarayonini me’yoriy xolatda saqlab qolish, demakdir. Ekologiya atamasini birinchi bo’lib nemis zoologi E.Gekkel 1866 yilda fanga kiritishni taklif qilgan bo’lsada, ekologik bilimlar qadimgi YUnoniston, Rim, SHarq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida o’z rivojini topgan. Jumladan, Gippokrat, Aristotel va shu kabi yunon faylasuflari asarlarida ekologiya haqida ma`lumotlar keltirilgan. Miloddan keyin Evropada Xristian dinining vujudga kelishi munosabati bilan tabiiy fanlar inqirozga uchragan bir paytda Markaziy Osiyoda u anchagina rivojlandi. Jumladan, o’zbek entsiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1051) yozib qoldirgan asarlarida (uning 152 ta asari bo’lib, shundan bizgacha 27 tasi etib kelgan) yil va fasllarning o’zgarishi bilan hayvonlar va o’simliklarning o’zgarishi to’ѓrisida fikr yuritilgan. Uning aytishicha birorta hayvon yoki o’simlik turi er yuzini butunlay qoplab olsa, boshqalarning ko’payishiga o’rin qolmaydi. SHuning uchun dehqonlar ekinlarni o’toq qiladilar, asalarilar asalni bekorga eydigan o’z jinslarini o’ldiradilar. Beruniy - Er yuzining o’zgarishi o’simlik va hayvonlarning o’zgarishiga olib keladi, deb ta`kidlaydi. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori – darmonlarni tavsiflagan. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklari» va «Hindiston» degan asarlarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan aloqasi haqida ham qiziqarli ma`lumotlar keltiriladi. Download 51.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling