1-mavzu: Hozirgi zamonning ekologik muammolari faniga kirish. Reja
Download 51.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1 hozir mav
Abu Nasr Farobiy (873-950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunoslikning boshqa sohalarida fikr yuritib, tabiatda bo’lib turadigan tabiiy tanlanishni va insonlar tomonidan olib boriladigan sun`iy tanlanishni tan oladi. Ekologiyaga doir fikrlarni buyuk davlat arbobi, shoir va tabiatshunos olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1482-1530) ham bayon qilgan. U o’zining "Boburnoma" degan buyuk asarida o’simliklar va hayvonlarning o’xshash tomonlari va farqlari haqida aniq dalillar keltiradi. Samarqand, Buxoro hududlarida o’sadigan o’simliklar (archalar, butalar, sarv daraxtlari, zaytunlar, chinorlar) va hayvonlarning ko’pchiligi Hindistonda o’sadigan o’simliklar va yashaydigan hayvonlarga o’xshash ekanligini aytadi. SHu bilan birga Hindistondagi ko’pgina hayvonlar va o’simliklar endemik ekanligini qayd qiladi. U bir mamlakat o’simliklarini ikkinchi mamlakat erlariga o’tqazib boѓlar barpo qilgan. Jumladan Qobulga shimoldan olcha, Hindistondan banan, shakarqamish keltirib ektirgan. Keyinchalik bu o’simliklarni Buxoro va Badaxshonga ham yuborgan. Ekologiyaning keyingi taraqqiyoti Evropada XVIII asrda o’z aksini topadi. SHu zamonda K.Linney va J.Byuffonlar qimmatli ekologik kuzatishlar olib borishgan. XIX asr boshlarida nemis tabiatshunosi A.Gumbold o’simlik hayotiy shakllarining dastlabki klassifikatsiyasini tuzdi. SHvetsariya botanigi O.F.Dekaldol o’simliklarga tashqi muhit ta`sirini o’rganadigan eirriologiya faniga asos soladi (1832 y.). Biroq ekologiya hamma olimlar tomonidan tan olingan fan sifatida faqatgina 1900 yillari shakllandi. Dastavval o’simliklar va hayvonlar ekologiyasi sohasida kuzatishlar olib borgan F.Klements va V.SHelfordlar, moddalar almashinuvi va oziqa zanjiri kontsep- tsiyalariga asos solgan T.Lindeman va Dj.Xatchinsonlar va ko’l sistemalarini kuzatgan E.Birdje va CHana Djudee hamda shularga o’xshash boshqa olimlarning kuzatishlari umumiy ekologiya fanining nazariy asoslarini tashkil etdi. XX asr boshlarida o’simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan o’zaro ta`sirini o’rganish bosh masala qilib qo’yildi. SHu bilan birgalikda organizmlarning ichki suv havzalarida yashash sharoitini o’rganish ham boshlab yuborildi. Suvda yashovchi organizmlarni o’rganuvchi gidrobiologlar biomassa (nemis olimi T.Demol), biotsenoz mahsuloti (R.Demol, A.Tineman) tushunchalarini ta`riflab berdilar. Ekologlar o’z tajribalarini dala sharoitida olib boradigan bo’ldilar. Ular zararkunandalar, kemiruvchilar va ov qilinadigan sut emizuvchilar sonining o’zgarib turishini analiz qildilar, qor qoplamining hayvonlarga ta`sirini o’rgandilar, tuproqda yashaydigan umurtqasizlarni tekshirdilar. Ekologiya fanini rivojlantirishga ekosistema va biogeotsenoz tushunchalarining shakllanishi ham katta hissa qo’shdi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan avtotrof va geterotrof organizmlarning har qanday to’dasi va ular hayoti uchun zarur bo’lgan abiotik muhitni ekosistema deb atadi. Akademik V.N.Sukachev esa Er yuzining muayyan hududida yashaydigan o’simliklar, hayvonlar va mikroor- ganizmlarning, shu hudud landshafti, iqlim, tuproq hamda gidrologik sharoitlari bilan birligini biogeotsenoz deb nomladi. Bu tushunchalarning fanga kiritilishi, ekologiyaning har xil bo’limlarini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini berdi va XX asr boshlarida botanik va zoolog olimlar quruqlikdagi ekologik kuzatishlarni alohida – alohida olib bordilar va natijada o’simlik guruhlarining tuzilish qonuniyatlarini o’rganuvchi fitosotsiologiya (keyinchalik fitotsinologiya) fani paydo bo’ldi. SHu davrda guruhlarning almashinish jarayonlari qonuniyatlarini o’rganish (suktsessiya) davom ettirildi. O’simliklar guruhlarini o’rganishda T.F.Morozovning "O’rmon to’ѓrisidagi ta`limoti" (1912 y.) va V.N.Sukachevning "O’simlik guruhlari haqidagi ta`limotga kirish" (1915 y.) asarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi zamon nazariy ekologiyasining rivojlanishiga ingliz olimi CH.Eltonning "Hayvonlar ekologiyasi" kitobi (1927) ham katta ta`sir ko’rsatdi. XX asrning 20-30 yillarida akademik V.I.Vernadskiy Biosfera to’ѓrisidagi ta`limotni yaratib ekologiyani rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 30-50 yillarga kelib, ekosistema doirasida moddalar aylanishi va energiya oqimini o’rganish singari umumekologik muammolar ko’tarildi. 40-50 yillarda Download 51.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling