1-mavzu: Hujayra nazariyasi va uning ahamiyati Mashg‘ulot maqsadi
Download 16.75 Kb.
|
1-amaliy(1)
1-mavzu: Hujayra nazariyasi va uning ahamiyati Mashg‘ulot maqsadi: Hujayra haqida umumiy ma’lumot ega bo‘lish. Hujayra evolyutsiyasi. Hujayra nazariyasini paydo bo‘lishi haqida olimlar fikrlarini to‘liq yoritib berish. Topshiriqlar: Shleyden-Shvann va zamonaviy hujayra nazariyasining asosiy qoidalari solishtirib tahlil qilish. Hujayra nazariyasi 1838 yilda T.Shvann tomonidan umumlashtiriladi. Shvannning xizmati shundaki, u o‘simlik va hayvon hujayralarining umumiy tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatish bilan birga buning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. XVII-asrning birinchi yarmida Angliyalik fizik robert Guk mikroskopni yasaydi. Uning mikroskopi ikkita linzadan va yorituvchi asbobdan iborat bo‘lgan. Bu asbob bilan probkaning qobig‘i tekshirilgan va unda hujayralar borligini va bu hujayralar bo‘sh ekanligi aniqlagan. Guk o‘zining kuzatuvlari to‘g‘risida biror-bir natijaga kelmagan. XIV-asrning ikkinchi yarmida (yani 70-yillarda) Malpigi va Gryu o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganadilar va bir-birlaridan xabarsiz o‘simliklarning turli qismlarida "pufak"(puzirki)va "xaltacha(meshochki)borligini aniqlaydilar. Gryu "to‘qima" degan tushunchani kiritadi.(Bunda u to‘qimachilikdagi to‘qimalarni kuzda tutib, ular uzun va bir-biri bilan ko‘ndalangiga va bo‘yiga birlashgan deb o‘ylaydi. Lekin uning fikri xozirgi zamon o‘simlik to‘qimalari to‘g‘risidagi tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. XVII-asrning oxirida Levenguk qisqa fokusli linza tipidagi mikroskopni kashf etadi. Bu mikroskop katta kattalikka ega bo‘lgan. Bu mikroskop yordamida u o‘simliklarni va hayvonlarni hujayralarini kuzatdi. Hujayra nazariyasiningi yaratilishi fiziologiya, embrionologiya gistologiya faninig rivojlanishiga olib keldi. Hujayra nazariyasining asosiy hollari hozir ham o‘z axamitini saqlagan. Albatta 100-yil hujayra strukturasi, hayot faoliyati rivojlanishi fanga ko‘p yangiliklarni kiritdi. Hujayra tirik organizm tuzilishining asosiy birligi hisoblanadi. Barcha organizmlarning hujayrasi tuzilishi, kimyoviy tarkibi va kimyoviy reaksiyalarning xarakteri jihatdan bir-biriga o‘xshashdir. Hujayraning bo‘linishi to‘g‘risidagi Negelining (1846) fikri xozirgi zamon tushunchalariga qisman yaqindir. U hujayra va yadroning bo‘linishini ko‘rsatadi, lekin o‘zi ma’motlarni to‘g‘ri umumlashtira olmagan. XIX-asrning birinchi yarmida optikaning takomillashtirilishi va mikroskopik texnikaning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fabrikada tayorlangan mikroskoplar chiqadi, bu mikroskoplar axromatik optikaga ega bo‘lib, ularda immersion suvli obyektivlari bo‘lgan.Tekshirishlar uchun endi oldingidek quruq preparatlar emas, balki ko‘lda tayorlangan (tirik materialdan) preparatlardan foydalanganlar. Materialni fiksasiya qilish, yani materialni suyuq muhitda saqlash, balzamlash metodlari yuzaga keladi. Oxiriga kelib turli bo‘yovchi moddalar ishlatiladi. 1855 Virxov hujayra nazariyani mukammallashtirib o‘zining mashhur formulasini "har qanday hujayra, hujayradan kelib chiqadi" degan formulani ilgari surdi. U hujayra faoliyatining markazi bo‘lgan yadroning rolini chetga chiqaradi. U o‘z mohiyati bilan mexanistik bo‘lgan holni yani organizm -bu o‘zicha mustaqil bo‘lgan hujayralar birligidir (hujayra davlati) deydi. Organizmning butun birligini (yedinnoy seloy)tan olmaydi. Haqiqatda, fanning ko‘rsatishicha organizm faqat hujayralardan iborat bo‘lib qolmay, hujayralar organizmda doim o‘zaro bog‘lik va o‘zaro munosabatda bo‘ladi. XIX-asrning 70-yillarida Gorojankin plazmodesma to‘g‘risida yozadi (o‘simlik hujayralarning bir-biriga bog‘lash) Ayrim organizmlar mavjud bo‘lib, ularning tuzilishi hujayra nazariyasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, protaplazma doim hujayra shakliga ega bo‘lmaydi (hujayralar aromodda sinsitin,plozmadin) Bir hujayrali organizmlar ham ko‘p hujayralilar kabi bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lishi shuningdek, bir hujayralilar differensiallashgan yadroga ega bo‘lmasligi mumkin. Hujayra nazariyasi organik olamning birligini hujayra hosil bo‘lishining ahamiyatini ontogenez va filogenezda eng muhim deb ko‘rsatadi.Hujayra nazariyasi organizmlarning hujayradan tuzilganliginining mohiyatini ko‘rsatib berdi. XIX-asr mikroskop va mikroskopik texnikaning takomillashishi, axromatik optikaning vujudga kelishi, yog‘li obyektivlarning vujudga kelishi, mikrotomni qo‘llash, materialni qattiq muhitda saqlash (materialni kesish va doimiy bo‘yalgan preparatlarni tayorlash) va boshqalar hujayraning nozik tuzilishi to‘g‘risida materiallarni to‘plashga va maxsus fan -Sitologiyaning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrdagi olimlarning ilmiy ishlari o‘simliklar hujayrasi haqidagi fanni sezilarni darajada boyitdi. 1838 yilda botanik Shleyden va 1839 yilda zoolog Shvan hujayra haqidagi mavjud bilimlarni sarhisob qilib, hujayra har qanday organizmning asosiy birligi ekanligini isbotladilar. Hayvonlar, o‘simliklar va bakteriyalar hujayralari o‘xshash tuzilishga ega. Keyinchalik, bu xulosalar organizmlarning birligini isbotlash uchun asos bo‘ldi. T. Shvann va M. Shleyden fanga hujayraning asosiy tushunchasini kiritdilar: hujayralardan tashqarida hayot yo‘q. Hujayra nazariyasi har safar to‘ldirilib, tahrir qilingan. Download 16.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling