1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR


Download 96.1 Kb.
bet16/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR Ba’zida hatto eng tajribali xaridor ham biror narsani xarid qilgach, muayyan muammolarga duch keladi: ko‘zga ko‘rinmas nuqsoni, estetik xususiyatga ega kamchiliklari va boshqalar aniqlanadi. Bu holda xaridor vujudga kelgan muammolarni birinchi navbatda tovarni sotgan tashkilot bilan hal qilishga urinib ko‘rishi lozim. U iltimosni bajarishdan bosh tortganida xaridor o‘z huquqlarining o‘zgacha himoya qilinishiga erishishga haqli.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning turlicha yo‘llari mavjud. O‘zbekiston qonunlari sifatsiz tovar xarid qilinganida iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining davlat tomonidan himoyasini ta’minlaydi. Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlaydigan idoralar mavjud: — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («О‘zdavstandart»); — Sog‘liqni saqlash vazirligi; — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi; — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; — respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Ular iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ко‘rib chiqadilar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. Tovarlar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ishlab chiqaruvchilar tovarlar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo‘zg‘atadilar.

Mustahkamlash uchun savollar


1. Davlat idoralarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vazifasi nimadan iborat?
2. Iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday imkoniyatlarga ega?
3. O‘zbekiston Respublikasidagi iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlaydigan davlat organlarini sanab o‘ting.
4. Sud qanday iste’mol sohalaridagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqadi?

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling