1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja
-Mavzu; ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Download 96.1 Kb.
|
Huquq maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI;
8-Mavzu; ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Reja; 1.Tovar haqida axborot olish huquqi 2.Iste’molchilar majburiyatlari 3.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste’molchisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz — iste’molchi hisoblanamiz, chunki har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz.Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida iste’molchi shunday ta’riflanadi. Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs). «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 1-modda. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bozorni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo‘ysundirish maqsadida qabul qilingan. 1-topshiriq. Yuqorida aytilgan ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi shaxslar iste’molchilarmi yoki yo‘qligini ayting: — oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro; — do‘konga kirgan fuqaro; — Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy fuqaro; — kvartirasini ta’mirlash uchun xususiy shaxs bilan shartnoma tuzayotgan fuqaro; — keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan fuqaro; — keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilayotgan fuqaro. TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI; Iste’molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri — oldi-sotdi misolida O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо‘rib chiqamiz. Kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat. Tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat. Qonunga muvofiq («Tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumot» 6-moddasi) bu ma’lumotni sotuvchi berishi shart. Tovarlar haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatiladi: — asosiy iste’mol xususiyatlari; — ishlab chiqarilgan sanasi; — ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari; — xizmat qilish (yaroqlilik) muddati; — saqlash usuli hamda qoidalari; — ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari. Sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor. Download 96.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling