1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


-Mavzu; Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyilari


Download 96.1 Kb.
bet21/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

13-Mavzu; Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyilari
Reja
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
3. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari.
Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsiplarining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So‘ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni ijro etish, jazoO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini, ularning himoya qilinishi va amalga oshirilishi mexanizmini aniqlang. Bu jarayonning buzilishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi asosida aniqlab ko‘ring. Ijodiy faoliyat dan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan prinsiplar aks ettirilgan. Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. Jinoyat huquqiga oid ko‘rsatmalarni qo‘llash vakolatlariga ega bo‘lgan davlat idoralarining mansabdor shaxslariga normativ prinsiplarning ta’siri ularning faoliyatida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va talabchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlikosoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyatlarning oldini olish kiradi. Ushbu vazifalar jinoyat huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toifadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini bajarish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: javobgarlik asoslari va prinsiplarini aniqlash; jinoyat toifasiga kiritilgan qilmishlar doirasini aniqlash; jinoiy jazo choralarini tayinlash; jazodan tashqari huquqiy ta’sir choralarini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir. Ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga: qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sud hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas; fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega; Aybsizlik prezumpsiyasining ikki jihati mavjud, birinchidan, muayyan jinoyat tarkibini aniqlash va shaxsni uni sodir etganlikda aybdor deb topish qonunga muvofiq ravishda amalga oshirilishi shart va, ikkinchidan, faqat sud hukmiga ko‘ra, shaxs aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikka, jazoga yoki boshqa huquqiy ta’sir choralariga tortilishi mumkin. demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin; insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi; odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi; shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishligi; javobgarlikning muqarrarligi — qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi. Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomonidan jamiyat, davlat, ikkinchi tomonidan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo‘ladi; ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo‘yilgan taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat nomidan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi. Jinoiy huquq normalari o‘z mazmuniga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Ulardan biri jinoyat huquqining umumiy o‘rnini, qoida va tartibini belgilab beradi. Ikkinchisi esa aniq jinoyatlar belgilarini ta’riflab, mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida hech kim sud hukmisiz va qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi va jinoiy jazoga tortilishi mumkin emasligi qayd etiladi? Ushbu moddaning aybsizlik prezumpsiyasi bilan qanday aloqasi bor?
Ijodiy faoliyat
Birinchi normalar jinoyat huquqining umumiy qismini, ikkinchi normalar esa maxsus qismini tashkil etadi.Jinoyat huquqida jinoiy qilmishni aniqlash ham muhim rol o‘ynaydi. Jinoiy qilmish — bu jinoyat qonunlari bilan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga tahdid qiluvchi jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalaridan chetga chiquvchi harakatdir. Jinoiy qilmish o‘zining obyektiv xossalariga ko‘ra jamiyat uchun xavfli harakat yoki harakatsizlik, subyektiv xossalariga ko‘ra esa hamisha muayyan maqsad va sabablarga ko‘ra sodir etilgan aybli amal hisoblanadi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning obyekti hisoblanishi mumkin. Har qanday ong bilan boshqarilgan qilmish ichki va tashqi mohiyatdan iborat bo‘lib, uning ichki mohiyati subyektiv tomoni, tashqi mohiyati esa obyektiv tomoni deb ataladi. Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni sifatida jinoyatning qanday sodir etilganligini aniqlaydi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Aybsizlik prezumpsiyasi nima? Fikringizni asoslang.
2. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplarini tushuntiring.
3. Jinoyat qonun hujjatlarining asosiy vazifalari nimadan iborat?

Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling