Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu
Download 1.59 Mb.
|
11-sinf 7-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib
- Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari
- Jinoyat qonuni vazifalarini bajarish quyidagilar orqali amalga oshiriladi
- Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir.
- Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi
- Savol va topshiriqlar
Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi.Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.O‘zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsiplarining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.).Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib,davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va talabchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi.Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari,xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik osoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan. Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyatlarning oldini olish kiradi.Ushbu vazifalar jinoyat huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toifadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini bajarish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:Javobgarlik asoslari va prinsiplarini aniqlash; Jinoyat toifasiga kiritilgan qilmishlar doirasini aniqlash; Jinoiy jazo choralarini tayinlash; Jazodan tashqari huquqiy ta’sir choralarini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir.Ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga:Qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega; Demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin; Insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi; Odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:birinchidan, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomonidan jamiyat, davlat, ikkinchi tomonidan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo‘ladi; ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo‘yilgan taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat nomidan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning obyekti hisoblanishi mumkin. Savol va topshiriqlar1. Aybsizlik prezumpsiyasi nima? Fikringizniasoslang.2. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqiningasosiy prinsiplarini tushuntiring.3. Jinoyat qonun hujjatlarining asosiy vazifalarinimadan iborat?4. Jinoiy huquq normalari o‘z mazmuniga ko‘ranecha qismga bo‘linadi va ularning vazifalarinimalardan iborat?Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling