1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


-Mavzu; O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi


Download 96.1 Kb.
bet25/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

17-Mavzu; O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi
Reja
1.Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy manbayi.
2. Moliya va davlat moliyaviy faoliyati.
3.Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Moliyaning vujudga kelishi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va davlatning o‘z funksiyalarini bajarishining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bog‘liq. Dastlab bu atama XII-XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi, Genuya, Venetsiya, Florensiya kabi shaharlar savdo, pul hisob-kitoblari va banklarining faoliyatida muomalaga kiritildi. Keyinchalik uni davlat tomonidan o‘z vazifalarini hal qilish uchun yo‘naltiriladigan pul munosabatlari tizimi, pul jamg‘armalarini hosil qilish bilan bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llay boshladilar. Huquq tarixidan
Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli pog‘onalarida uning normalari turlicha qo‘llaniladi. Xullas, moliya huquqi predmetini davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarining moliyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo‘g‘inlari bilan chambarchas bog‘liq. Moliya tushunchasi juda keng bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Bunday kategoriyalarga «pul», «foyda», «tannarx» kabi boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bular kategoriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini belgilovchi turlicha vazifalarini bajaradi. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg‘armalarida mablag‘larni yig‘ish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar moliya huquqi bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moliyaviy qonun hujjatlarining negizini tashkil etadi. Davlat moliyaviy munosabatlar va faoliyatini huquqiy tartibga solishning asoslari Konstitutsiyaning XXV «Moliya va kredit» bobida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan tarkib topgan: a) davlat byudjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar; b) davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar; d) xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iqtisodiyot tarmoqlari moliyasi; e) kredit (davlat krediti va bank krediti); f) mulkni sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta. Moliya umumdavlat ehtiyojlarini moliyalash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Davlat moliyaviy faoliyati deganda markazlashgan va markazlashmagan pul jamg‘armalarni maqsadga muvofiq va rejali tashkil etish, uni taqsimlash va foydalanishni tushunamiz. Davlat moliyaviy faoliyati Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum bir faoliyat turini amalga oshiradi.Moliyaviy faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy munosabatlarni moliya huquqi tartibga soladi. Mazkur munosabatlarni quyidagi guruhlarga taqsimlash mumkin: 1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning byudjet sohasidagi faoliyati; 2) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning soliq sohasidagi faoliyati; 3) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kredit sohasidagi faoliyati; 4) davlat va mahalliy korxonalarning moliyaviy faoliyati; 5) majburiy sug‘urta sohasidagi davlat faoliyati; 6) davlat va mahalliy organlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalar sohasidagi faoliyati. Davlatning moliyaviy faoliyati davlat zimmasidagi funksiyalarning bajarilishini ta’min etish yo‘lida pul mablag‘larini to‘plash, taqsimlash (qayta taqsimlash) sohasidagi tadbirlardan iborat. Bu faoliyat moliyaviy mablag‘larni to‘plash va sarf­lash orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy mablag‘larni sarflash uchun moliyalashtirish va kreditlashtirish usullari qo‘llaniladi.Moliyalashtirish asosida asosan byudjet tashkilotlariga davlat byudjetidan pul mablag‘lari qaytarib bermaslik sharti bilan ajratiladi. Kreditlashtirish asosida ajratilgan pul mablag‘lari korxona, tashkilot va fuqarolar tomonidan muayyan vaqtgacha qaytarilishi lozim. Pul mablag‘i ma’lum muddatga, ma’lum summada qaytarish sharti bilan ajratiladi. Markazlashgan fondlar respublika, viloyatlar, tumanlar fondlaridan iborat bo‘lib, ulardan faqat shu hududlarning ehtiyojlari uchungina foydalaniladi. Markazlashmagan fondlar korxona va tashkilotlar pul fondlari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy maqsadlarga ishlatiladi.
Davlatning moliyaviy faoliyati quyidagi bir necha prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
-qonuniylik prinsipi;
-demokratik prinsip;
-fuqarolarning va mehnat jamoalarining ishtiroki prinsipi;
-milliy siyosat prinsipi.
O‘zbekiston davlatining moliyaviy faoliyati — bu respublikada ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi vazifalarni amalga oshirish, davlatning xavfsizligi va mudofaasini ta’minlash maqsadida pul jamg‘armalarini rejali tashkil etish, uni taqsimlash va undan maqsadga muvofiq foydalanishdir.
Byudjet so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, «g‘azna» degan ma’noni anglatadi. Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin o‘rnatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi.
Huquq tarixidan- byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;- byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;- byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; - byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;- kassaning yagonaligi; - byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; - ochiqlik. O‘zbekistonning Davlat byudjeti tuzilmasi Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining byudjeti; Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Davlat byudjeti daromadlari:- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;- davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; Byudjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilotdir. Moliya yili — 1-yanvardan 31-dekabr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr. 2013-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi mablag‘larini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Huquq tarixidan - meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;- yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;- rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Hududiy moliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari. Moliyaviy majburiyatlar — byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar.
Savol va topshiriqlar
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini toping va quyidagi savollarga javob bering. 1. Byudjet sohasidagi vakolatlar qaysi davlat organlariga berilgan?
2. Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari haqida ma’lumot to‘plang.
3. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi nimadan iborat?
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlari nimalardan iborat?



Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling