1-mavzu. Huquqshunos mutaxassis shakllanishida zamonaviy ish ko’nikmalari va kompetentsiyalarning roli


Download 56.83 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi56.83 Kb.
#1020852
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Huquqshunos mutaxassis shakllanishida zamonaviy ish ko’nikmalari va kompetentsiyalarning roli.


1. Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya moduli predmeti, vazifalari va o’zlashtirish metodlari.
2.“Soft skills” (yumshoq ko’nikmalar) mohiyati, uning huquqshunos mutaxassis shakllanishdagi roli.
3. “Soft skills” va “Hard skills” (qattiq ko’nikmalar)ning o’zaro to’ldiruvchi va farqli jihatlari.
4. Yuridik kadrlardakasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning ahamiyati.

Zaruriy adabiyotlar:


Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. – T.: TDYuU. 2019. B. 5-15.
Shuhrat Sattorov. Biz g’alaba qozonamiz. Muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari, – T.: 2018.
1. Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya moduli predmeti, vazifalari va o’zlashtirish metodlari.
O‘zbekiston Respublikasining milliy oliy ta’lim tizimi bugun jiddiy islohotlar pallasidadir. Jumladan, talabalarning mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini rag‘batlantiradigan o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, bugungi ish beruvchi oliy ta’lim bitiruvchisi siymosida mustahkam bilimlar bilan birga, qator kompetensiya hamda ko‘nikmalarni ko‘rishni istayotgani hech kimga sir emas.
Biroq barcha oliy ta’lim muassasalari ham o‘z talabalarida ana shunday kompetensiya va ko‘nikmalarni to‘laqonli shakllantira olyapti, deyish juda qiyin. Chunki amaldagi o‘quv dasturlari aksariyat holda talabaga nazariy bilimlar berishga yo‘naltirilgan. Natijada, ko‘p hollarda xorijiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining milliy ta’lim tizimimiz bitiruvchilariga nisbatan ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Zero, bugungi mehnat bozori yosh mutaxassisda ham “hard skills” (“qattiq ko‘nikmalar”), ham “soft skills” (“yumshoq ko‘nikmalar”) birday mujassam bo‘lishini talab qiladi.
Qattiq ko‘nikmalar bu – mutaxassisning u yoki bu vazifani bajarishda qo‘llaydigan kasbiy bilim va ko‘nikmalaridir. Bu, masalan, muayyan dasturiy mahsulotga, texnika yoxud bilimga egalik bo‘lishi mumkin.
Yumshoq ko‘nikmalar esa – kasblar tarkibiga kirmagan qator ko‘nikmalar majmui hisoblanib, kishining lavozim vazifalariga bog‘liq bo‘lmagan, kasbiy ko‘nikmalarga yangi quvvat baxsh etadigan bu malakalar ish jarayonida nihoyatda qo‘l keladi. Bular shunday bilim va malakalarki, ularni nedir formulalarga solib ham, hammaga moslab dasturlashtirib ham bo‘lmaydi. Biroq kishining jamoada ishlab ketishi ularsiz nihoyatda qiyin kechadi.
Bugun biznesning aksariyat qismi komanda – jamoa bo‘lib ishlashga moslashgan. Zamonaviy biznesda yakka holda muvaffaqiyatga erishish amalda mumkin emas. Hamfikrlar bilan birgalikdagina ulkan natijalar va katta foydaga erishib bo‘ladi. Dunyo bozorining peshqadamlari – Facebook, Apple, Google – jamoaviy mehnat samaralaridir. Shaxslararo munosabatlarning ijobiy ko‘nikmalari (savol berishni uddalash, o‘zgalarni tinglash va tushuna bilish, o‘z qarashini asoslay olish)ni o‘zlashtirmagan odamning esa jamoaga kirishib ketishi juda mushkul ish. Qolaversa, jamoa a’zosi o‘zaro yozishmalar, ko‘pchilik oldida o‘zini yo‘qotmay nutq so‘zlash, muhokama va muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish malakasiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Hamkasblar bilan til topishib ishlash hamda birgalikda samarali natijalarni qo‘lga kiritish uchun mutaxassisdan zamonaviy biznesning muomala qoidalarini puxta egallash talab etiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi faol siyosati yaqin kelajakda milliy bozorimizda ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu kompaniyalar esa, zimmasidagi ko‘plab vazifalarni sifatli bajarish barobarida, loyihalar doirasidagi jarayonlarni uquvli boshqara oladigan yuqori malakali kadrlarni talab qiladi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash, o‘z-o‘zidan, zarur bilimlardan tashqari, kadrlarning bozor sharoitida unumli ishlashini ta’minlaydigan ko‘nikmalarini shakllantiradigan yangi fanlarni o‘quv jarayoniga joriy qilishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki, inson hayotida ko‘nikma va malakalar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Odam ayni malakalarni butun umri davomida o‘zlashtirib, shakllantirib boradi. U yoxud bu malaka hamda ko‘nikmalarning bo‘lmasligi kishining muayyan guruhlardan ajralib qolishiga, jamiyatning ham unga nisbatan befarqligiga olib keladi. Bu yerda gap jamoada ishlash, muloqot va yozuv madaniyati, vaqtni boshqarish, o‘zlikni namoyon qila olish singari muhim insoniy sifatlar haqida bormoqda.
Bugungi taraqqiyotning ayni talablaridan kelib chiqib, Toshkent davlat yuridik universitetida 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab “Shaxsiy rivojlanish” nomli yangi fan joriy qilindi.
Talabalar o‘qishni bitirganidan keyin, ayni malaka va ko‘nikmalar yordamida, odamlar bilan kelishib ishlash, ish beruvchilar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etish orqali yuqori ish unumdorligiga erishishlari tayin.
Darslik bakalavriat talabalari, magistrlar, o‘qituvchilar, shuningdek, o‘zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yaratmoqchi bo‘lgan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Download 56.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling