1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/51
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#238259
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
1-mavzu husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. Husnixatga

Birinchi  vazifa.  O'quvchilarga  bir  xil  masofada  nuqtalar  qo'yishga  o'rgatish. 
Ikkinchi  vazifa.  O'quvchilarga  "Baravar  masofa",  "Yaqin",  "Uzoq"  kabi 
tushunchalami berish. Ikkinchi gruppa mashqlari.  
Darsning  maqsadi:  Chiziqlarni  qiya  shaklida  yozilishini  ko'rsatish  hamda 
chiziqlar orasidagi masofani to'g'ri topishga o'rgatish.  
Vazifa.  Kichik  harflar    yoziladigan    chiziqlar    orasida    qiya    tayoqchalarni  
yozdirib  mashq qildirish. 
  
O'qituvchi bu mashqni doskada namuna qilib ko'rsatib beradi. O'quvchilar 
esa  qizil  qalamda  qiya  tayoqchalarni  chizadilar.  O'quvchilar  bir  qator  yozib 
bo'lganlaridan so'ng tekshirib chiqiladi va  tahlil qilinadi. Agar nuqtalar barovar 


masofada bo'lsa o'quvchi vazifani to'g'ri bajargan, barovar masofada bo'lmasa, 
xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. 
 
O'quvchilar  alifbega-tayyorgarlik  davrida  ayrim  mashqlami  bajargan 
bo'lishlariga qaramay, o'qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e'lon qilishi 
bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi lozim. 
1. 
Barmoq va qo'l muskullarining harakatin I o'stiruvchi gimnastika mashqlarini 
o'tkazish. 
2. 
Doskada mashqni yozib ko'rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni 
tushuntirish. 
3. 
Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish. 
4. 
Partada   to'g'ri   o'tirish,   ruchkani   to'g'ri   ushlash,   daftarni   to'g'ri   tutish 
qoidalarini eslatib o'tish. 
5. 
Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o'quvchilarning yozuvini 
muntazam kuzatib borish. 
 
6. 
Ishning birinchi qismi tugagandan so'ng o'quvchilarning yozuvlarini doskada 
namuna bilan solishtirib yo'l qo'ygan xatolarini topishga o'rgatish. 
7. 
Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o'quvchilardagi kamchiliklarni yo'qotish. 
8. 
Jismoniy mashq daqiqalarini o'tkazish. 
9. 
Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlashga o'rgatish. 
10. Har   bir   mashqni   bajarishda   uni   tahlil   qilish   zarur   bo'lsa   
qo'shimcha ko'rsatmalar berish. 


 
Alifbe davrida o'quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so'z 
tuzishga, so'z va gaplarni o'qishga hamda ayrim elementlar harflar ishtirokida 
so'z va gaplarni yozishga o'rganadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik 
ishlar quyidagilardan iborat bo'lishi kerak: 
1. 
Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 
2. 
Bo'g'in va so'zlarda harflarni qo'shib yozish. 
3. 
Qo'l harakatini uzmay yozishga o'rgatish. 
4. 
Harflaming qiyaligini va enini to'g'ri saqlashga o'rgatish. 
 
O'qituvchilar  ayrim  harflaming  elementini  noto'g'ri  yozayotgan 
o'quvchilarga shu elementni to'g'ri yozilishini ko'rsatib berishi lozim. Bu davrda 
o'quvchilarda  harflarni  to'liq  yozmaslik  yoki  almashtirish  yozish  kabi  xatolami 
aniqlash mumkin. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling