1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#201644
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. husnixatga orgatishning maqsad va

Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish. 

Yozuvga  o'rgatishning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  harf  va  so'zlarni  qatorlarga  to'g'ri 

joylashtirishga alohida e'tibor berish lozim. Ularga birinchi tayyorgarlik mashqlaridan boshlab 

(tayoqcha yoki nuqtalarning orasidagi) masofalarni teng saqlashga o'rgatiladi. 

Agar  o'quvchilar  tayoqchalar  orasidagi  masofani  tor  qilib  qo'ysalar,  ularga  kengroq  qilib 



yozish  tushuntiriladi,  aksincha,  ular  orasidagi  masofa  haddan  tashqari  olis  bo'lsa,  o'qituvchi 

yaqinroq yozishni o'rgatishi lozim. 

Ba'zi  bir  o'quvchilar  to'g'ri  tushuntirish  uchun  so'zlar  orasidagi  masofani  ruchkani 

yo'g'onligiga teng qilib olish mumkin, degan ko'rsatmalarni    beradilar.     Bunday    tushuncha    

noto'g'ridir,          chunki  o'quvchilarning  ruchkalari  har  xil  bo'lishi  mumkin.  Undan  tashqari, 

ruchkani daftar ustiga qo'yib o'lchash ham yozuv qoidalariga ziddir. 

Soddalashtirilgan  harflar  bilan  yozuvga  o'rgatishning  asosiy  maqsadi  o'quvchilarning 

chamalash qobiliyatini o'stirish va masofaning mustaqil ravishda aniqlashga o'rgatishdir. 

O'quvchilarni  chamalashga  bir  qatorda  joylashgan  harflarning  soni  bilan  ham  o'rgatish 

mumkin. Masalan, bir qatorga kichik i harfidan 10 ta joylashtrish mumkin, undan kam bo'Isa 

harflar  orasidagi  masofalar  keng.  Ko'p  bo'lsa  tor  bo'lib  qolishi  mumkin.  Ammo  bunday 

chamalash mashqlarini faqat 1-sinfda o'tkazish mumkin. 2-4 sifnlarda esa yozuvning yirik va 

maydaligiga qarab harflar bir qatorga oz yoki ko'p joylashishi mumkin. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling