Chiroyli yozuvga o'rgatishda harflarning balandligini bir hilda saqlash qanchalik zarur
bo'lsa, harflar va so'zlar orasidagi masofani to'g'ri chamalab yozish ham katta rol o'ynaydi.
Alfavitdagi ayrim harflar keng, ayrimlari esa tor yoziladi. So'z va gaplarni yozishda esa
Harflar va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozishga alifbe davridan
boshlab o'rgatish, keyinchalik esa buni sistemali ravishda tekshirib borish zarur.
Gaplarni yozishda so'zlar orasidagi masofa bir harf enida bo'lishi kerak. Harf elementlari
va ular orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
1.
O'quvchilarga xusnixat kitobidagi namunaga qarab yozdirib, ularni tahlil qilish.
2.
Xusnixat kitobidan harf va ularning elementlari orasidagi masofani chamalab yozishga
mashq va topshiriqni ko'chirib yozish.
3.
O'quvchilarning ishlarini kuzatib chiqib, qaysi o'quvchi tor, keng, qaysisi pala-partish
yozganini aniqlash.
Shundan so'ng 3-4 ta daftarni yig'ib olib, kamligi birgalikda tahlil qilinadi.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish birinchi sinfda butun
o'quv yili davomida sistemali olib borilishi, ikkinchi va undan keyingi sinflarda ham
bu malakalarni egallash davom ettirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: