1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


D a r s n i n g      b o r i s h i


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#201644
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. husnixatga orgatishning maqsad va

D a r s n i n g      b o r i s h i :  

1. 


O'qituvchi  o'quvchilarning  darsga  tayyorgarliklarini,  har  bir  o'quvchining  oldida  daftar, 

avtoruchka borligini tekshirib, yozuv daftarlarini ham ko'rib chiqadi. 

2. 

Sinfga  osib  qo'yilgan  «Yozish  vaqtida  to'g'ri  o'tir!»  nomli  plakatdan  foydalanib, 



o'quvchilarning  o'tirishlarini  tekshirib  chiqish,  parta  ustidagi  qiya  chiziqlarga  daftarning 

holatini to'g'rilab olish. 

3. 

O'quvchilarga barmoqlarning harakatlarini o'stiruvchi mashqlar bajartiriladi. Bunday 



mashqlarni  partada  o'tirgan  holda  bajartirish  mumkin.  Chunonchi,  qo'llarimizni  oldinga 

uzatib,  barmoqlarimizni  ochamiz,  ikki  deganda,  barmoqlarimizni  yopamiz.  (Bu  mashq  6-7 

marta takrorlanadi). 

4. 


Bugun kichik m harfini yozishni mashq qilamiz. 

O'qituvchi  doskada  kichik  m  harfi  kattalashtirilib  chizilgan  plakatdan  foydlanib,  uning 

elementlarini va qanday yozilishini tushuntirib beradi. Shundan so'ng m harfini doskaga yozib 

ko'rsatadi. O'quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan ko'zatadilar. O'qituvchi doskada harf 

elementlarini tushuntirish bilan birga, uning bir butun shaklda yozilishini ham eslatib o'tadi. 

5. 


O'qituvchi  bosma  va  yozma  m  harfini  bir-biri  bilan  solishtirib  ko'rsatadi. 

O'quvchilarga kichik m harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab ko'rsatishning 

ahamiyati  katta,  chunki  ko'pchilik  o'quvchilar  ayrim  harflarni  kitobdagi  bosma  shakliga 

o'xshatib yozishga harakat qiladilar. 

6. 

O'qituvchi m harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko'rsatib beradi. 



Shundan  so'ng  o'quvchilarga  daftarlarida  qizil  siyoh  bilan  yozib  ko'rsatilgan  shu  elemetni 

topib, uning davomidan yozish ko'rsatiladi. 

7. 

CTquvchilarni  komanda  bilan  turg'azib,  oldin  o'rgatilgan  badantarbiya  mashqlaridan  2-3 




tasini bajartiradi. Bu mashqlar 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so ng yana 

yozuv mashqlari davom ettiriladi. 

8. 

O'qituvchi doskada kichik m harfming elementlarga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini 



ko'rsatib beradi. O'quvchilar o'qituvchining ko'rsatmasiga muvofiq yozishni davom ettiradilar. 

9. 


Bolalarga kichik m harfming bir necha kichik harflar bilan bog'lanishi ko'rsatib berilgandan 

so'ng o'quvchilar o'z daftarlarida mashq qiladilar. 

lO.  Uyga  vazifa.  Daftarga  ikki  qator  m  harfini  va  shu  harf  bilan  bog'langan  so'zlarni    yozib  

kelish topshiriladi.   O'qituvchi  uy vazifalarini  bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga qaf iy 

amal  qilish  lozim  ekanligini  eslatib  o'tadi.  ll.Dars  jarayonida  toza  va  chiroyli  yozgan 

o'quvchilarning daftarlari namuna qilib ko'rsatiladi, rag'batlantiriladi va shunday chiroyli toza 

yozish  zarurligi  uqtiriladi.  Husnixat  mashg'ulotlari  yuqoriga  ko'rsatilgani  kabi  uyushtirish 

chiroyli  va  to'g'ri  yozish  malakasini  hosil  qilish  o'quv  predmetlarini  puxta  o'zlashtirishga 

yordam      beradi.      Endi      esa      2-      sinf  o'quvchilari      bilan    yil      davomida      olib  boriladigan 

mashg'ulotlar alohida ko'rib o'tamiz. 1- dars. Kichik i, u va katta I, U harflarini yozish. Kichik u 

harfini yozish uchun daftar chizig'idan pastga qarab kichik tayoqcha tushiramiz va uni pastki 

chiziqqa  yetkazmay  turib  o'nga  buramiz  va  yuqoriga  qarab  davom  ettiramiz.  Bu  harf 

elementini qo'lharakatini uzmasdan qo'shib yozish ta'kidlanadi. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling