Sh Sh Sh Sh Sh Sh Sh
L L L L L L L L L
Harflarning shaklini va nisbatini to'g'ri yozish malakalari hosil qilingandan so'ng
harflarniqo'l harakatini uzmay bog'lab yozish mashq qildiriladi. Bu sinfda 5- 6 harfdan iborad
bo'lgan so'zlami qo'l harakatini uzmasdan yozish talab etiladi. Harflami uzmasdan yozish
uchun murakkab bog'lanishli il, um, iya, yul, aya, on, yug, jch, ad, yub, ov, se, vz, sj kabi kichik
harflami yozib mashq qildirish mumkin. Yozuv tezligining oshib borishi bilan ko'pchili harflami
shaklini buzib yozish hollari ham uchraydi. Ayniqsa, kichik b, j, r, ya, g, g', ch, u, d, z, j va katta
P, T, K, N, V, J, F, E harflarida bunday holni ko'p uchratish mumkin.
Bunday harflarning shaklini yozdirib mashq qilishni ona tili darsida olib boriladigan
mavzuga moslab, qo'shib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Har bir husnixat mashqlarini tashkil etishda o'quvchilarning o'z- o'zining boshqarib
borishni ham davom ettirish lozim, chunki tez yozish orqali o'quvchilar faqat grafik holatlarga
harflami tushurib qoldirish, almashtirib yoki buzib yozish kabi holatlarga yo'l qo'yishlari
mumkin.
Bu sinfda yana ba'zi guruhlardagi murakkab harflardan tashkil topgan bir nechta variantlarda
mashq o'tkazish mumkin. Maslan, elementlari chiziqdan pastga tushadigan g, f, p, y
harflarini quyidagi 6 varianti mashq qildirish mumkin:
I-
variant: kichik r, f harflarini bir xil uzunlikda yozishga o'rgatish maqsad qilib olinadi.
II-
Variant: kichik d, z, u harflarining ikkinchi elementini daftar chizig'i ustida kesishish
joyini aniq yozishga o'rgatish maqsad qilib olinadi.
III-
Variant: kichik r, f harflarining ikkinchi dementi bir xil uzunlida bo'lishini va u, o', d, z
harflarining tugunchakli bo'lishini mashq qilish:
Do'stlaringiz bilan baham: |