1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/48
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#201644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. husnixatga orgatishning maqsad va

I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish. 

Boshlang'ich sinf dastur talabiga ko'ra 1-sinfning IV choragida yozuv darslari uchun 24 soat 

vaqt berilgan bo'lib, undan haftada 1 soatni chiroyli yozuv uchun ajratilgan. 

Bu  davrda  o'qituvchi  yozuv  malakalarini  yanada  takomillashtrish,  yozuv  gigiyenasi 

qoidalriga  rioya  qilish  hamda  harflarning  shakli  va  ularning  bog'lanishi,  qo'l  harakatini 

uzmasdan yozish, so'z, bo'g'in va so'zlarning ravonligiga e'tibor berishi lozim. 

2-sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni tashkil etadi. 

Bu  davrda  o'quvchilardan  ruchkani  to'g'ri  ushlash,  daftarning  holatini  to'g'ri  tutish,  to'g'ri 

o'tirish  kabi  gigiyenik  qoidalar  talab  etiladi.  Shuning  harflarning  sodda  va  murakkabligiga 

qarab gruppalarga bo'lib yozdiriladi. Ayrim bo'g'in va sodda so'zlar qo'l harakatini uzmasdan 

bog'lab yozdiriladi. 



3-sinfda husnixat mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10 minut) qo'shib olib boriladi. 

Bu  davrda  yozilishi  va  bog'lanishi  murakkab  bo'lgan  kichik  va  bosh  harflarning  yozish 

qoidalari  mashq  qildiriladi.  Ayniqsa  bu  davrda  bog'lanishi  murakkab  bo'lgan  so'z  va  gaplarni 

ravon yozish ustida ko'proq mashqlar o'tkaziladi. 

4-sinfda  ham  chiroyli  yozuv  mashqlari  ona  tili  darslari  bilan  har  kuni  (8-10  minut)  qo'shib 

olib boriladi. 

Bu  davrda  harflarni  qoida  bo'yicha  to'g'ri  yozish  malakalari  mustahkamlanadi.  So'z  va 

gaplarda  bog'lanishli  harflarni  topib  tahlil  qilinadi  hamda  ravon  va  tez  yozish  malakalari 

rivojlantirilib o'quvchilarning yozuvlarda uchraydigan tipik xatolar ustida mashq qildiriladi. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling